1-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə2/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
topshiriq islom bank ishi

Topshiriq mazmuni:Toki, mol-dunyo, boylik inson ehtiyojlarini qondirishga, inson va jamiyat ravnaqiga xizmat qilar ekan, islom dini halol yo’l bilan boylik orttirishdan to’smaydi. Ammo pul topish, boylik orttirish jarayonida shariat belgilagan chegaralarni unutmaslik lozim bo’ladi.Ushbu masala bo’yicha o’zingizni xulosalaringizni bayon eting.
3-variant
Berilgan vaziyat.Ribo va nasiya savdo masalalari. “...Bu ularning “Tijorat ham riboga o’xshash-da”,-deganlari uchundir. Holbuki Alloh tijoratni halol qilgan, riboni esa harom qilgan”. (Baqara surasi, 275 oyat). Ba’zida murobaha va kreditning farqi nimada ekanligini ko’radigan bo’lsak. Ikki holatda ham oyma-oy qat’iy to’lov qilinadi, foyda miqdori va garov olinish sharti ham o’xshash. Ya’ni, hisob-kitob jihatdan murobaha va kredit o’rtasidagi farqni ko’rsatib berish qiyin. Makka mushriklari VII asrdayoq riboga pul berish va nasiya savdoni bir-biriga tenglashtirib, ikkala holatda ham qarz ko’paymoqda va to’lov kechiktirilmoqda, deyishgan.
Ammo nega biror-bir molni nasiyaga sotganda foyda bilan sotish joiz, pul qarz berganda esa ustiga qo’shimcha olish taqiqlanganligini tushunish uchun, an’anaviy va islom iqtisodiyotining pul vazifalari borasidagi nazariyasi o’rtasidagi farqni anglab olishimiz lozim.
Shundagina bu qarashlar o’rtasidagi jiddiy farqlar qaerga (ya’ni qanday oqibatlarga) olib borishini anglashimiz mumkin bo’ladi.
Kredit va nasiya savdo mohiyatiga ko’ra bir-biridan tubdan farq qiladigan amaliyotlardir. Kredit bu foiz asosidagi pul oldi berdisiga asoslangan munosabatlar bo’lib, bunda qarz beruvchi (bank, moliya muassasasi) asosan pul savdosi bilan shug’ullanadi va hatto kreditga mol olib bersada shu olib bergan moli bo’yicha xatarni bo’yniga olmaydi.
Kredit holatida pul asl tabiatiga xos bo’lmagan ravishda mahsulot vazifasini bajaradi va berilgan qarz vaqtga bevosita bog’liq bo’ladi.
Nasiya savdoda esa xaridor olgan mahsulot uchun o’z vaqtida to’lovni amalga oshirolmasa ham mahsulotning narxi o’zgarmaydi, ya’ni sotuvchi mahsulot narxini ko’tarolmaydi. Agar mahsulotning narxi vaqtga bog’liq bo’lganda sotuvchi unga vaqt qo’shib bergan va oxir-oqibat xaridor ko’proq pul to’lagan bo’lardi.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə