1-variant Berilgan vaziyat


-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə9/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
topshiriq islom bank ishi

14-variant
Berilgan vaziyat.Islom dini rizqni (mol-dunyo va h.k.) halol yo’l bilan topishga buyuradi va bu narsa Islom dininining asosiy beshta ustunidan keyin turuvchi birinchi talabdir.
Harom yo’l bilan pul topishning taqiqlanganligi. Harom yo’l bilan pul topish va birovning molini rozi qilmasdan eyishlik musulmonlarning bir-birlarini aka-ukadek ko’rishlari lozimligi haqidagi tushuncha bilan bog’liq bo’lib, birodaringizning moliga huddi o’zingiznikidek munosabatda bo’lishingizni taqozo etadi. Boshqa bir musulmonning molini himoya qilish, isrof qilmaslik va albatta botil yo’l bilan emoqlikdan saqlanish lozim bo’ladi. Botil yo’l bilan mol topish, birovning haqqini eyish masalasi jamiyatdagi juda katta muammolardan biridir.
Bu muammoning jumladan quyidagi ko’rinishlari mavjud:
1. Aldash (molni aslidan yaxshiroq qilib ko’rsatish yoki arzon narsani qimmat mol sifatida taqdim qilishga urinish);
2. Yomon narsani yaxshisi bilan aralashtirish va ularni yaxshisining narxida sotish;
3. Molning narxida aldash (men bu narsani falon pulga olganman, deb yolg’on da’vo qilish yoki arzon molni qimmat deyish…);
4. Molning kamchiligini yashirish va tarozidan urish;
5. Molning kelib chiqishi, sifat va ishlab chiqarilgan sanasini soxtalashtirish;
6. Peshtaxtaga molning yaxshisini qo’yib boshqasini (yomonrog’ini) sotish;
7. Xaridorning bilimsizligi yoki e’tiborsizligidan foydalanib yomon molni unga o’tkazib yuborish;
8. Sotuvchining molning haqiqiy bahosini bilmasligidan foydalanib uni arzon narxga sotishga undash;
9. Molni narx oshishini kutib, sotmasdan ushlab turish (ehtikor) va hokazo.
Topshiriq mazmuni:Toki, mol-dunyo, boylik inson ehtiyojlarini qondirishga, inson va jamiyat ravnaqiga xizmat qilar ekan, islom dini halol yo’l bilan boylik orttirishdan to’smaydi. Ammo pul topish, boylik orttirish jarayonida shariat belgilagan chegaralarni unutmaslik lozim bo’ladi.Ushbu masala bo’yicha o’zingizni xulosalaringizni bayon eting.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə