1-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə5/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
topshiriq islom bank ishi

Topshiriq mazmuni:Quyidagi sabablar tufayli, bugungi kunda O’zbekistonda sukuk bozorining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar mavjud va juda qisqa davr ichida sukuk yordamida bir necha milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish mumkin:
- moliyalashtirish qiymati past darajada (masalan, LIBOR darajasi);
- kapital bozorlarida likvidlik (ya’ni pul bilan to’yinganlik) nisbatan yuqori darajada;
- sarmoyadorlar uchun yangi va jozibador sukuk bozori;
- mamlakatimizdagi loyihalarning daromad darajasi yuqori;
- bizning mintaqa bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi bo’lgan Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan islom moliyasi asosida samoyadorlarni jalb qilish imkoniyati bor.
Xalqaro sukuk muomalasini O’zbekistonda joriy etish bo’yicha o’z mulohazalaringizni bayon eting.
8-variant
Berilgan vaziyat. Islom moliyasida amalga oshiriladigan bitimlar turli tumanligi bilan o’zining jozibadorligini aks ettiradi. Biznes egalari, ya’ni hamkorlar o’zaro biznes munosabatlarining har bir jihatini hisobga olib, hamma narsa haqida oldindan kelishib oladilar va buni hujjatlashtirib qo’yadilar. Shu nuqtai nazardan islom moliyasila amal qiladigan bitimlarda tomonlarning munosbati va ishtiroki masalalari ham muhim.
Topshiriq mazmuni:Quyida islom moliyasiga oid 5 xil bitim ko’rsatilgan:
1. Bir pul birligini ikkinchi pul birligiga qo’lma-qo’l almashtirish bitimi;
2. Mahsulot xaridorga darhol etkazib berilib, mahsulot uchun to’lov esa keyinroq amalga oshiriladigan savdo bitimi;
3. Foydani bo’lishish sharti bilan sarmoyani boshqarish bitimi;
4. Mahsulot uchun to’lov to’lig’icha darhol amalga oshiriladigan, mahsulot esa keyinroq xaridorga etkazib beriladigan bitim (bunda sotilayotgan mahsulot, bitim tuzilayotgan paytda mavjud bo’lishi ham, mavjud bo’lmasligi ham mumkin);
5. Mahsulot kelajakda etkaziladigan, to’lov ham kelajakda amalga oshiriladigan bitim (mahsulot kelishuv paytida mavjud emas).
Har bitimga ta’rif bering va misollar keltiring.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə