1-variant Berilgan vaziyat


-varinat Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə7/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
topshiriq islom bank ishi

11-varinat
Berilgan vaziyat.Islom bankining an’anaviy bankdan farki:
Ikki turdagi bank (ya’ni islom banki va an’anaviy bank) tizimi mavjud bo’lgan bir davlatda bir korxona an’anaviy tijorat bankidan kredit oladi, yarim yildan so’ng esa ushbu korxona islom banki bilan "murobaxa" bitimi imzolaydi. Avvaliga xammasi yaxshi ketayotgandek edi...
Ammo…korxonaning faoliyati yaxshi yurmay qoldi. An’anaviy bank krediti bo’yicha xam, murobaxa bitimi bo’yicha xam to’lov muddatlari etib keldi, korxona esa ularni to’lolmadi. Bu holat korxonani boshqa bir kompaniya sotib olmaguncha (tahminan bir yildan ortiq vaqt) davom etdi.
Mana endi voqeaning eng «qiziq» joyiga keldik: an’anaviy bank, olingan kredit miqdoridan ham katta bo’lgan jarima va penyalarni qo’shib hisobladi (bunda kredit qaytarilmagan har bir kun uchun hisoblangan penya, kredit uchun belgilangan foizdan ancha yuqori bo’ldi).
Murobaha bitimi bo’yicha esa korxona bank bilan tuzgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, avval boshdan kelishilgan ma’lum bir miqdordagi pulni to’lashi kerak bo’ldi xolos. Bunda, islom banki bir yil kechikkan to’lovlar uchun ham hech qanday jarima yozmadi va to’lov miqdori islomda ribo taqiqlanganligi tufayli o’zgarmas bo’lib qolaverdi.
Korxona rahbariyati an’anaviy tijorat banki tarafidan qo’yilgan jarimalardan karaxt bo’lgan bo’lsa, murobaha bitimi bo’yicha to’lashi kerak mablag’ning xattoki 1$ga ham ko’paymaganidan hayron bo’ldi. Tabiiyki, ular islom bankining bunday munosabatiga qoil qolishdi va minnatdorchilik sifatida murobaha bitimi bo’yicha qarzni birinchi bo’lib yopishdi. Ana’naviy bank bilan esa qo’yilgan jarima va penyalar sababli hosil bo’lgan ulkan qarz masalasida sudlashishni boshlashdi.
Topshiriq mazmuni:Agar jarima va penyalar, ham kredit, ham murobaha bitimi bo’yicha qo’llanilganda korxona katta ehtimol bilan umuman yo’q bo’lib ketardi va o’nlab odamlar ishsiz, qolardi. Lekin bu voqeaning yakuni xayrli bo’lib chiqdi. Bank va mijoz munosabatlaridagi o’zaro kelishuv natijasini tahlil qiling. Islom bankchiligini O’zbekistonda qo’llashning zaruriyati va o’ziga xos xususiyatlarini bayon eting.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə