1-variant Berilgan vaziyat


-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə8/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
topshiriq islom bank ishi

12-variant
Berilgan vaziyat.Mehnat va amallarning mukofoti o’sha ishning murakkablik darajasiga emas, balki uning qanchalik manfaatli ekanligiga bog’liqdir. Biror bir yaxshi ishni amalga oshirish qiyin bo’lishi mumkin, ammo uning yaxshiligi uni amalga oshirish qanchalik qiyinligi bilan belgilanmaydi. Ish murakkab bo’lsa, uning mukofoti ham kattaroq bo’lishi mumkin, lekin bu, qiyinchilik yaxshi amalning maqsadlaridan biri yoki uning ajralmas qismi degani emas.
Tavakkalchilik (risk) biror boylik yoki qo’shimcha qiymat yaratish uchun zarur bo’lsagina o’zini oqlaydi. Tavakkalning o’zi hech qanday ma’noga ega emas. Islom moliyasida tavakkal biror qo’shimcha qiymat keltirsagina ruxsat etiladi, ammo qiymat yaratishga ta’sir etmasa, u taqiqlangan qimor toifasiga o’tadi.
Topshiriq mazmuni:Tavakkal va xatar, qimor va tavakkal, sarmoya va g’arar (mavhumlik, ya’ni axborot muvozanatining buzilishi. Masalan, bitim ishtirokchilaridan biri shartnoma bo’yicha to’liq axborotga ega bo’lmaganligi tufayli katta xatarga ro’baro’ bo’lishi) o’rtasidagi farqlarni ko’rsatib bering.O’zbekistonda islom bank tamoyillarini joriy etishda mazkur xatarlarning mohiyati bo’yicha taqdimotlar tayyorlang.
13-variant
Berilgan vaziyat. Mukammal dunyoda sherikchilikdagi biznes egalari, ya’ni hamkorlar o’zaro biznes munosabatlarining har bir jihatini hisobga olib, hamma narsa haqida oldindan kelishib oladilar va buni hujjatlashtirib qo’yadilar. Ammo, biz yashayotgan olam mukammallikdan yiroq va bu biznesda ham o’z aksini topadi.Tadbirkorlikka kirisharkanmiz sherigimiz bilan hamma masalalarni qog’ozga tushirish uyoqda tursin, og’zaki kelishuvni ham ortga suramiz va 50/50 deya boshlangan hamkorlik munosabatlarini boshi berk ko’chaga kiritib qo’yamiz.

Topshiriq mazmuni:50/50 yoki biznesdagi tengsherikchilik: muvaffaqiyat kalitimi yoki rejalarning barbod bo’lishi?
Mukammal dunyoda sherikchilikdagi biznes egalari, ya’ni hamkorlar o’zaro biznes munosabatlarining har bir jihati bo’yicha o’zingizni xulosalaringizni bayon eting.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə