1-variant Berilgan vaziyat



Yüklə 55,26 Kb.
səhifə4/15
tarix19.05.2023
ölçüsü55,26 Kb.
#111329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
topshiriq islom bank ishi

Topshiriq mazmuni:Ikki sherik loyihaga $1000 kiritdi. Birinchi yil $400 zarar ko’rildi. Ikkinchi yil $150 foyda ko’rildi, lekin tomonlar bu $150 ni taqsimlasha olmaydi, chunki o’rtadagi mablag’ (1000-400+150=$750) tikilgan mablag’ga ($1000) etmagan. Uchinchi yil $200 foyda ko’rildi. Foyda yana taqsimlanilmaydi chunki bu holatda ham tikilgan sarmoya hali tiklanmadi(1000-400+150+200=950). To’rtinchi yil $250 foyda ko’rildi. Bu holatda tikilgan sarmoya $200 foyda keltirdi (950+250-1000=$200) va shu $200 tomonlar o’rtasida foyda sifatida taqsimlanishi mumkin.Fiqhda foyda taqsimotining ushbu usuli “tandid al-haqiqiy” deb ataladi.
Yuqorida berilgan masaladan foydalangan holda ushbu “tandid al-haqiqiy” usulni tushuntirib bering.
6-variant
Berilgan vaziyat.Ijara: uzoq muddatli oddiy ijara. Islom banki mijozi bo’lgan korxona bankdan mevalarni saqlash uchun 3 yilga sovutgich ijaraga olish talabi bilan murojaat qildi. Bank ushbu sovutgichni sotib olib, mijozga operatsion ijara asosida taqdim qildi. Sovutgichning foydali xizmat muddati 5 yil deb baholandi.
Topshiriq mazmuni:Shuningdek, quyidagi moliyaviy ma’lumotlar mavjud (AQSh dollarida):
Sovutgich bahosi 10,000
Yillik eskirish xarajati (amortizatsiya) 2,000
Yillik takoful (sug’urta) to’lovi 600
Bank tomonidan ko’zlangan foyda
1-yil uchun: 900
2-yil uchun: 700
3-yil uchun: 500
Vazifa: Bank ko’zlagan foydasini olish uchun har bir yil uchun choraklik ijara to’lovlarini hisoblang.
7-variant
Berilgan vaziyat.O’zbekistonda sukuk orqali investitsiya jalb qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Sukuk haqida biroz ma’lumot berib o’tmoqchimiz. Hozirda ko’p ishlatiladigan “chek” so’zi sukukning birlik shakli – “sakk” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’rta asrlarda musulmonlar tomonidan moliyaviy oldi-berdilarda haqdor va qarzdorlar o’rtasida qo’llanilgan. Sukuklar davlat tomonidan turli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish doirasida, banklar yoki hatto korxonalar tomonidan turli loyihalarni moliyalashtirish uchun chiqarilishi mumkin.
Sukuk chiqarilayotgan loyiha albatta real iqtisodiyotga bog’liq bo’lishi talab etiladi. Sukuk orqali amalga oshiriladigan loyihaga qarab mushoraka, ijara, salam, istisna yoki boshqa turdagi sukuklar chiqarilishi mumkin. Undan tashqari, an’anaviy obligatsiyalardan farqli o’laroq, sukuk orqali moliyalashtirish amalga oshirilganda sarmoya maqsadli ishlatilishi qattiq nazorat qilinadi.

Yüklə 55,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə