10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


- elektr ta'minoti xo'jaligi xarajatlari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

- elektr ta'minoti xo'jaligi xarajatlari 
bosh enyergetik tomonidan tuzilgan va xo’jalik 
rahbari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob asosida tarmoqlar va sohalar, ular o'rtasida esa 
mahsulotlar bo'yicha taqsimlanadi. 


- ishchi xayvonlarni saqlash xarajatlari 
ularni qaysi tarmoqda foydalanilganlik 
vaqtiga, bajargan ishlari miqdoriga qarab taqsimlanadi. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli xarajatlar schyotlariga olib 
borilishiga quyidagicha yozuvlar qilinadi: 
a) asosiy ishlab chiqarish schyotlariga olib borilganda: 
Dеbеt 
2010 (tegishli schyotlar) 
Kredit
2310 (tegishli schyotlar);
b) Kapital qurilish schyotlariga olib borilganda: 
Dеbеt
0810,0890 
Kredit
2310 (tegishli schyotlar); 
v) davr xarajatlari schyotlariga olib borilganda: 
Dеbеt 
9410,9420 
Kredit
2310 (tegishli schyotlar). 
Masalan: 
Xo’jalikning mavjud TTZ-80-10 traktori sentyabr oyida 40 ga yerni 
shudgorladi. Shundan 30 ga yerga bug'doy, 10 ga yerga arpa ekish muljallangan. TTZ-80-
10 traktorining 1 ga yerni shudgorlash reja tannarxi 12860 so'm bo'lsa, 40 ga yerni
shudgorlash reja tannarxi 514400 so'm bo'ladi.
Bu mashina-traktor parki xizmati xarajatlari 
summasi etishtiriladigan bug'doy va arpaning ishlab chiqarish xarajatlariga quyidagi tartibda 
o’tkaziladi: 
a) bug'doy etishtirishga qilingan xarajatlarning reja tannarxiga – 385800 (30*12860) 
so'mga: 
Dеbеt 
2011 (bug'doy)
Kredit
2311 (MTP xarajatlari) -385800 so'm. 
b) arpa etishtirishga qilingan xarajatlarning reja tannarxiga – 128600 (10*12860) 
so'mga: 
Dеbеt 
2012 (arpa)
Kredit
2311 (MTP xarajatlari) -128600 so'm. 
Buxgaltyeriya hisobining soddalashtirilgan shaklida yordamchi ishlab chiqarish 
xarajatlarining hisobi maxsus «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga 
olish qaydnomasi»da yuritiladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə