10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


- xo’jalik inventarlari va buyumlariga doir xarajatlar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

- xo’jalik inventarlari va buyumlariga doir xarajatlar 
- bu guruhga dehqonchilik va 
chorvachilik sohasi xodimlariga berilgangan maxsus Kiyimlar, poyafzal, inventarlar, 
ishlatilgan vetpriborlar, dori-darmonlar va boshqa xo’jalik buyumlari qiymati kiritiladi;
- asosiy vositalar amortizasiyasi va ularni saqlash xarajatlari 
-bu guruhga 
umumishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizasiya ajratmalari, 
ularni saqlash, ta'mirlash, bino va inshoatlarni isitish, yoritish, tozalash xarajatlari kiritiladi; 
- dala shiyponlarini saqlash va ishchilarni ovqatlantirish xarajatlari 
- bu guruhga 
dehqonchilik tarmog'iga mo'ljallangan dalalarda joylashgan shiyponlar, palatkalar, 
vaqtinchalik notitul inshoatlarni saqlash, ulardagi asosiy vositalarga qilingan amortizasiya 
ajratmalari, joriy va kapital ta'mirlash, ishchilarni issiq ovqat bilan ta'minlash xarajatlari 
kiritiladi; 
- boshqa umumishlab chiqarish xarajatlari 
- umumxo’jalik maqsadidagi asosiy 
vositalarni ijaraga olish, ularni sug'urta qilish, o'simliklarni va mollarni karantin qilish va 
boshqa umumishlab chiqarishga doir tadbirlarga sarflangan xarajatlar kiritiladi. 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qishloq xo’jalik korxonasining 
ishlab chiqarish bo'linmalari rahbarlari har oyda «Umumishlab chiqarish xarajatlari to'g'risida 
hisobot» (18v-shakl) tuzadilar va uni buxgaltyeriyaga topshiradilar. Ushbu hisobotda 
belgilangan moddalar kesimida hisobot oyda va yil boshidan boshlab qilingan xarajatlar aks 
ettiriladi Yil boshidan boshlab qilingan jami xarajatlar summasi hisobotning oldingi davr va 
hisobot oyi ma'lumotlarini jamlash yo'li bilan aniqlanadi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 
2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotida yuritiladi. Hisob siyosatida belgilangan 
tartibga ko’ra qishloq xo’jalik korxonalari ushbu schyotlar tizimida quyidagi schyotlarni 
ochishlari mumkin: 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 
«chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari». Ushbu aktiv schyotlarning debetida nomlari 
yuqorida zikr etilgan moddalar bo'yicha haqiqatda sarflangan xarajatlar to'planadi. Bu 
schyotlarning kreditida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi. Agar umumishlab chiqarish xarajatlari hisobini hisobot davrlari (oy, chorak, yil) 
mobaynida reja tannarxda yuritilsa, u holda 2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish 
xarajatlari», 2520 «chorvachilik umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotlarining kreditida 
xarajatlar taqsimoti reja tannarxida hisobdan chiqarib boriladi va yilning oxirida haqiqiy 
xarajatlar aniq bo'lgach, kalkulyasiya farqi «qizil yozuv» yoki «qo'shimcha yozuv» usullariga 
muvofiq ushbu schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
2510 «Dehqonchilik, umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «chorvachilik 
umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotlarining analitik hisobi qishloq xo'jaligi korxonasi 
tarmoqlarining tarkibiy bo'linmalari (brigadalar, fyermalar) bo'yicha 10g va 10d 
qaydnomalarda yuritiladi, Ushbu qaydnomalarga yozuvlar tarkibiy bo'linmalar tomonidan 
taqdim etilgan «Umumishlab chiqarish xarajatlari to'g'risida hisobot» (18v-shakl) 
ma'lumotlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning kreditida bo'linmalar bo'yicha 
ake ettirilgan ma'lumotlar 10z2 jurnal-ordyerga utkaziladi. 
2510 «Dehqonchilik umumishlab chiqarish xarajatlari», 2520 «chorvachilik 
umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotlarining debetida yuqorida keltirilgan xarajat 
moddalariga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida quyidagi yozuvlar qilinadi: 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə