10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

Moddiyligiga ko’ra 
dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari moddiy va moddiy 
bo'lmagan xarajatlarga bo'linadi. Moddiy xarajatlar bo'lib dehqonchilikka sarflangan 
urug'liklar, o'g'it, dori-darmonlar, em-xashaklar va boshqa matyeriallar hisoblanadi. Moddiy 


bo'lmagan xarajatlarga ish haqi, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, amortizasiya, sug'urta, ish va 
xizmatlarga doir xarajatlar kiritiladi. 
Tannarxga kiritish usuliga ko’ra
dehqonchilik xarajatlari bevosita va bilvosita 
xarajatlarga bo'linadi, Bevosita xarajatlar bo'lib dehqonchilikka sarflangan bevosita matyerial 
xarajatlari, bevosita mehnat haqi xarajatlari va boshqa xarajatlar hisoblanadi. Bilvosita 
xarajatlarga amortizasiya, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, umumishlab chiqarish 
xarajatlari kiradi. 
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra 
dehqonchilik xarajatlari quyidagi beshta guruhga ajratiladi; 
- moddiy xarajatlar - dehqonchilik ishlab chiqarishga sarflangan barcha matyerial 
xarajatlari (urug'lik, o'g'it, dori-darmonlar, em-xashaklar, yoqilg'i va boshqa matyeriallar); 
- mehnat xarajatlari - dehqonchilik ishlab chiqarish bilan band bo'lgan xodimlarga 
hisoblangan asosiy va qo'shimcha ish haqlari; 
- ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar - dehqonchilik ishlab chiqarish bilan band bo'lgan 
xodimlarga hisoblangan ish haqi fondidan pensiya jamg'armasiga majburiy ajratma; 
- amortizasiya - dehqonchilik ishlab chiqarishga aloqador asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarga hisoblangan eskirish summasi; 
- boshqa xarajatlar - dehqonchilik ishlab chiqarishga tegishli barcha yordamchi va 
umumishlab chiqarish xarajatlari. 
Kalkulyasiya moddalari bo'yicha 
dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari ishlab 
chiqarish xarajatlari to'g'risida hisobotda (18-shakl) quyidagi moddalarga ajratilgan holda aks 
ettiriladi: 
1. Mehnatga haq to'lash va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar;
2. Urug'lik;
Z. O'g'itlar; 
4. O'simliklarni himoya qilish vositalari; 
5. Ish va xizmatlar; 
6. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari
7. Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari; 
8.Cug'o'rta to'lovlari; 
9.Boshqa xarajatlar. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə