10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


Qishloq xo’jalik korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

 Qishloq xo’jalik korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi va 
ularning taqsimlanishi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari deganda ularning 
ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalariga umumiy holda tegishli bo'lgan hamda u yoki bu 
mahsulot tannarxiga to'g'ridan-to'g'ri kiritib bo'lmaydigan, balki ularning tannarxiga bilvosita, 
ya'ni taqsimlash yo'li bilan olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Odatda, qishloq xo’jalik 
korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini 
boshqarish, bir vaqtning o'zida turli tarmoq va sohalarga xizmat ko’rsatuvchi bo'linmalar 
xarajatlarini o'z ichiga oladi. 
Dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari va ularning turli sohalariga ixtisoslashgan 
qishloq xo’jalik korxonalarida umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalari bo'yicha 
guruhlanadi: 
- asosiy va qo'shimcha ish haqi xarajatlari 
- bu guruhga dehqonchilik va chorvachilik 
sohasi mutaxassislari, xodimlari va ishchilariga, chunonchi, agronomlar, zootexniklar, 
vetvrach, vettexniklar, labarotoriya mudiri va xodimlari, brigadirlar, fyerma mudirlari
hisobchilar, qorovullar va shu kabi boshqa umumishlab chiqarish maqsadidagi xodimlarga 
hisoblangan mehnat haqlari kiritiladi
- ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar 
- bu guruhga dehqonchilik va chorvachilik sohasi 
mutaxassislari, xodimlari va ishchilariga, chunonchi, agronomlar, zootyoxniklar, vetvrach, 
vettexniklar, laboratoriya mudiri va xodimlari, brigadirlar, fyerma mudirlari, hisobchilar, 
qorovullar va shu kabi boshqa umumishlab chiqarish maqsadidagi hodimlarga hisoblangan 
mehnat haqidan ijtimoiy sug'urtaga qilingan ajratmalar kiritiladi; 
- mehnat himoyasi va texnika xavfsizligi xarajatlari 
- bu guruhga dehqonchilik va 
chorvachilik sohasida mehnat himoyasi va texnika xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan 
tadbirlarga sarflashdigan xarajatlar kiritiladi; 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə