10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


Kredit 2510,2520 (tegishli schyotlar);  b) Kapital qurilish schyotlariga olib borilganda:  Dеbеt



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

Kredit
2510,2520 (tegishli schyotlar); 
b) Kapital qurilish schyotlariga olib borilganda: 
Dеbеt
0810,0890 
Kredit 
2510,2520 (tegishli schyotlar); 
v) davr xarajatlari schyotlariga olib borilganda: 
Dеbеt
9410,9420 
Kredit
2510, 2520 (tegishli schyotlar). 
Masalan:
Xo’jalikning dehqonchilik qilinadigan umumiy yer maydoni 70 ga bo'lib, 
shundan 30 ga yerga bug'doy, 40 ga yeriga paxta ekini eqiladi. Hisobot oyida dehqonchilik 
ishlarini bajaruvchi ishchi va xodimlarga 300000 so'mlik maxsus Kiyimlar, 42000 so'mlik 
ketmon va lopatkalar foydalanish uchun berilgangan 
(
D-t 2511
(dehqonchilik)
К-t 1080
-342000 so'm). Bu umumishlab chiqarish xarajatlari summasini dehqonchilik ekinlari 
tannarxiga taqsimlash uchun eng avval 1 ga ekin maydoniga to'g'ri kelgan xarajat summasi 
topiladi: 
342000 : 70 ga = 4885,71 so'm. 
а) etishtiriladigan bug'doy tannarxiga kiritiladigan xarajatlar summasi-146571,43 
so'mga (30*4885,71): 
Dеbеt
2011 (bug'doy)
Kredit
2511 (dehqonchilik) 146571, 43 so'm. 
b) etishtiriladigan paxta tannarxiga kiritiladigan xarajatlar summasi-195428,57 so'mga 
(40*4885,71): 
Dеbеt
2013 (paxta)
Kredit
2511 (dehqonchilik) 195428,57 so'm. 
Buxgaltyeriya hisobining soddalashtirilgan shaklida yordamchi ishlab chiqarish 
xarajatlarining hisobi maxsus «Umumishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish 
qaydmasi»da yuritiladi. 
 
2. Dehqonchilik xarajatlari, mahsulot olinishi hisobi va tannarxni hisoblash. 
Dehqonchilik - bu moddiy ishlab chiqarish bo'lib, o'z ichiga quyidagi jarayonlarni 
oladi:
- yerni ekishga tayyorlash- shudgorlash, zaxni qochirish, juyaklash va boshqalar;
- ekish- niholni o'stirish, urug'ni ekishga tayyorlash, uni qadash, baranalash; 
- parvarishlash - sug'orish, kultivasiya, dorilash, chopish, yaganalash va boshqalar
- hosilni yig'ib olish - hosili tyerish, tashish, omborlarga topshirish va saqlash. 
Mos ravishda, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlari o'z ichiga quyidagilarn oladi: 
- yerni ekishga tayyorlash xarajatlari;
- ekish xarajatlari;
- ekinni parvarishlash xarajatlari; 
- hosilni yig'ib olish, omborga etkazish va uni saqlash bilan bog'lik; barcha xarajatlar. 
Dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini turli belgilari bo'yicha tasniflash mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə