10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


«Mehnatga haq to'lash va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar»



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

«Mehnatga haq to'lash va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar»
moddasida bevosita ekin 
o'stirish bilan band bo'lgan ishchilar mehnatiga haq to'lash, navbatdagi va qo'shimcha 
ta'tyllarga haq to'lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug'urta 
ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang'ich hujjatlar asosida bevosita tegishli 
ekinlar va ish turlariga o’tkaziladi. Qo'shimcha mehnat haqi summalari to'g'ri ish haqiga 
mutanosib taqsimlanadi.
«Urug'lik»
moddasida qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish uchun sarflangan 
urug'liklar hisobga olinadi. Urug'larni ekishga tayyorlash, ularni ekish joyiga tashib keltirish 
xarajatlari urug'lar qiymatiga kiritilmaydi, balki ekinlarga tegishli xarajatlar moddalari 
bo'yicha o’tkaziladi. 
«O'g'it»
moddasida qishloq xo’jalik ekinlari uchun tuproqqa solinadigan o'g'itlar, shu 
jumladan sanoatda ishlab chiqiladigan minyeral, baktyerial va boshqa o'g'itlar hamda organiq 
o'g'itlar xarajatlari hisobga olinadi. Xarajatlar analitik hisobga olishda minyeral va organiq 
o'g'itlar bo'yicha alohida aks ettiriladi. O'g'itlarni tayyorlash va yerga solish xarajatlari 
bevosita muayyan qishloq xo’jalik ekiniga tegishli xarajatlar moddalari bo'yicha o’tkazilib, bu 
moddaga kiritilmaydi. 
«O'simliklarni himoya qilish vositalari»
moddasida begona o'tlar, qishloq xo’jalik 
ekinlari zararkunanda va Kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestisid, kimyoviy 
dorilar, gyerbisid va boshqa kimyoviy, shuningdek biologik vositalarni harid qilish va saqlash 
xarajatlari kiritiladi. Xo’jalikning o'zi bu vositalar bilan ko’chatlar, ekinlarga ishlov 
byergandagi xarajatlar moddalari bo'yicha ekinning tannarxiga o’tkaziladi. 


«Ish va xizmatlar»
moddasi o'z korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlarini 
qonduruvchi yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari hamda shu korxonaga boshqa 
korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xaraktyeridagi xizmatlarga 
haq to'lash xarajatlari aks ettiriladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə