10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

:
Dеbеt 9220
«Boshqa aktivlarning chiqimlari». schyoti; 
Kredit 1110
«O'stirishdagi va boquvdagi mollar» schyoti; 
- inventarizasiya natijasida kam chiqqan mollar summasiga: 
Dеbеt 5910
«Kamomadlar» schyoti; 
Kredit 1110
«O'stirishdagi va boquvdagi mollar» schyoti; 
1110 "O'stirishdagi va boquvdagi mollar" schyoti bo'yicha analitik hisob o'stirishdagi va 
boquvdagi mollarning turlari, yoshi, jinsi, guruhlari bo'yicha olib boriladi. Buxgaltyeriya 
hisobiyaing kombinasiyalashgan shaklida boquvdagi va o'stirishdagi mollarning hisobi 
maxsus «Boquvdagi va o'stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi»da yuritiladi. 
 
Qishloq xo’jalik korxonalarida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi 
va ularning taqsimlanishi. 
Qishlok xo’jalik korxonalarini yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklarisiz tasavvur etib 
bo'lmaydi. Yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklari deganda qishloq xo'jaligi korxonasining 
asosiy faoliyat turlariga xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tushuniladi. Ularning asosiylariga 
quyidagilar kiradi: 
- mashina-traktor parki (MTP); 
- ta'mirlash ustaxonalari;
- avtotransport xo'jaligi; 
- elektr, gaz va suv ta'minoti xo'jaligi; 
- ishchi hayvonlarni saqlash xo'jaligi va boshqalar. 
Ushbu va boshqa turdagi yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklari qishloq xo'jaligi 
korxonalarining barcha tarmoq va sohalariga xizmat ko’rsatadi. Bu xo’jaliklarning xarajatlari 
qishloq xo'jaligi korxonasi tomonidan etishtirilgan u yoki bu turdagi mahsulotlarni 
etishtirishga bevosita taalluqli bo'lmaganligi uchun ularni dastlab alohida schyotlarda yig'ish, 
so'ngra esa hisobot davri oxirida biror mezonga asosan taqsimlash zarurat tug'iladi. Bunday 
xarajatlar hisobi dastlab maxsus 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schyotida olib 
boriladi. Ushbu schyotning debetida yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklariga haqiqatda 
sarflangan xarajatlar to'planadi, uning Kreditida esa yordamchi ishlab chiqarishga sarflangan 
xarajatlarning qishloq xo’jalik korxonasining tarmoq va sohalari bo'yicha asosiy ishlab 
chiqarish hamda sotish va boshqarish xarajatlari schyotlari o'rtasda taqsimlanishi (hisobdan 
chiqarilishi) aks ettiriladi. Xarajatlar hisobini hisobot davrlari (oy, chorak, yil) mobaynida reja 
tannarxda yurituvchi korxonalarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schyotining 
Kreditida xarajatlar taqsimoti reja tannarxida hisobdan chiqarib boriladi va yilning oxirida 
haqiqiy xarajatlar aniq bo'lgach , kalkulyasiya farqi «qizil yozuv» yoki «qo'shimcha yozuv» 
usullariga muvofiq ushbu schyotning Kreditida aks ettiriladi. 
Qishloq xo’jalik korxonalari o'zlarining hisob siyosatiga ko’ra ishchi schyotlar rejasida 
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti tizimida har bir yordamchi ishlab 
chiqarish bo'linmasi xarajatlari hisobi uchun alohida schyotlarni ham ochishlari mumkin
masalan: 
2311 «MTP xarajatlari»; 
2312 «Ta'mirlar ustaxonasi xarajatlari»; 
2313 «Avtotransport xo'jaligi xarajatlari»; 
2314 «Suv xo'jaligi xarajatlari»; 
2315 «Elektr ta'minoti xo'jaligi xarajatlari»; 
2316 «Ishchi hayvonlarni saqlash xarajatlari»; 
2317 «Boshqa yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklari xarajatlari». 


2310 «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari» schyotlar tizimida ochilgan barcha 
schyotlarni yuritishga turli boshlang'ich hujjatlar, oraliq va yig'ma hisob registrlari 
ma'lumotlari asos bo'lib hisoblanadi. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi: 
1. «Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari bo'yicha hisobot» (186- shakl); 
2. «Ta'mirlash ustaxonasi xarajatlari hisobi jurnali»; 
3.«Nuqsonlar va ularni bartaraf etishga ketgan sarf-xarajatlar qaydnomasi»;
4. Yo'l varaqalari, TTN, naklodnoylar 
5. «Transport xarajatlari yig'ma qaydnomasi»; 
6. «MTPdan foydalanish xarajatlarining yig'ma qaydnomasi»;
7. Schyot fakturalar; 
8. Naryadlar va boshqalar
«Mahsulot (ish xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida nizom»ga ko’ra yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobi uchun mo'ljallangan schyotlarda xarajatlar ularning quyidagi 
moddalari bo'yicha aks ettirilishi lozim:
- matyerial xarajatlari;
- asosiy va qo'shimcha ish haqlari;
- ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar;
- amortizasiya xarajatlari;
- boshqa ishlab chiqarish xarajatlar».
Yordamchi ishlab chiqarish, xarajatlari hisobi uchun mo'ljallangan schyotlarning har 
birining (2311, 2312, 2313, 2314 va boshqalar) debetida yuqorida keltirilgan xarajat 
moddalariga guvohlik beruvchi hujjatlar, asosida quyidigi yozuvlar qilinadi:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə