10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


O'stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

 
O'stirishdagi va boquvdagi mollarning hisobi 
Qishloq xo’jalik korxonalarida o'stirishdagi va boquvdagi mollar aylanma aktivlarning 
muhim turini tashkil etadi. Ularni boqish jarayonida jonli mehnat sarfi, em-xashak va boshqa 
xarajatlar qilinadi. Ma'lum yoshga etganidan so'ng, O'stirishdagi mollar asosiy podaga 
o’tkaziladi va aksincha, asosiy podadan brak qilingan mollar boquvga qo'yilib, aylanma 
aktivlarga o’tkaziladi. 
O'stirishdagi va boquvdagi mollar quyidagicha baholanadi: 
- sut yo'nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar reja tannarxida baholanadi; 
- Go'sht yo'nalishidagi qoramolchilikdan olingan buzoqlar tirik vaznini tirik vaznning 
reja tannarxiga ko’paytirilib baholanadi; 
- chuchqachilikdan olingan chuchqa bolalari tirik vaznini tirik vaznning reja tannarxiga 
ko’paytirilib baholanadi; 
- ishchi hayvonlardan olingan nasl ishchi hayvonning 60 ozuqa-kuni reja tannarxiga 
tenglashtirilib olib baholanadi; 
- tuyalardan olingan nasl 120 ozuqa-kuni reja tannarxida baholanadi; 
- parranda bolalari inkubasiyaning sutkalik parranda reja tannarxida baholanadi. 
- yangi asalari uyalari reja tannarxida baholanadi
- chetdan sotib olingan o'stirishdagi va boquvdagi mollar sotib olish bahosiga, barcha 
sotib olish va tashib keltirishga ketgan xarajatlar qo'shib baholanadi; 
- asosiy podadan brak qilinib, boquvga qo'yilgan mollar balans bahosida baholanadi; 
- asosiy podaga o’tkazilgan yosh mollar haqiqiy tannarxida baholanadi. 
Har oyda o'stirtshdagi va boquvdagi mollar vazni o'lchanib, ularning oshgan vazni 
evaziga yangi qiymati topiladi. Yil oxirida o'sgan vaznning haqiqiy tannarxi aniqlangandan 
so'ng, reja va haqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq topiladi, ushbu farq summasi tuzatish yozuvlari 
qilinib o'stirishdagi va boquvdagi mollarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. 
O'stirishdagi va boquvdagi mollar hisobining asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1) o'stirishdagi va bog'uvdagi mollarning bosh soni oshishi va saqlanishi ustidan nazorat 
qilish; 
2) poda tarkibidagi o'zgarishlarni o'z vaqtida hisobga olib borish; 
3) o'stirishdagi va boquvdagi mollarni parvarishlash va boqish natijalarini to'g'ri 
aniqlash; 
4) o'stirishdagi va boquvdagi mollari harakatini to'g'ri hujjatli rasmiylashtirish va ulari 
hisobini o'z vaqtida belgilangan tartibda yuritish. 
1. Tug'ilgan hayvon naslini kirim qilish dalolatnomasi 
(95- shakl). Bu hujjat buzoq, 
chuchqa, qo'y va ishchi hayvonlarning bolalarini kirim qilishda fyerma mudiri yoki zootexnik 
tomonidan ikki nusxada tuziladi. Hujjatda nasl byergan hayvon kimga birikilganligi, uning 
lakabi, nomyeri, tug'ilgan nasl soni, jinsi, berilgangan tartib raqami, ajralib turadigan belgilari 
ko’rsatiladi. 
2. Hayvonlarni guruhdan-guruhga o’tkazish dalolatnomasi 
(97-shakl). Bu hujjat 
korxona rahbari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tuziladi. Unda bir guruhdan 
ikkinchi guruhga o’tkazilgan hayvon turi, vazni, qaysi guruhdan qaysi guruhga 
o’tkazilganligi, kimga birikilganligi ko’rsatiladi. 


3. Mollar vaznini tortish qaydnomasi 
(98-shakl). Ushbu hujjat har oy oxirida tuziladi va 
unda har bir hayvonning oy boshi va oy oxiridagi vazni asosida o'sgan vazn aniqlanadi. 
4. Mollar va parrandalarni jo'natish-qabul qilish tovar-transport nakladnoyi
(1-
K/x(chor)). Bu hujjatga asosan haridor va buyurtmachilarga sotilgan hayvonlar hisobga 
olinib, jo'natilgan mollar bosh soni, tirik vazni va boshqa ma'lumotlar aks ettiriladi. 
5. Mollar va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi 
(100-shakl). Ushbu hujjat 
mollar so'yilganda, kasalligi tufayli nobud bo'lganda tuziladi, unda mollarning hisobdan 
chiqish sabablari ko’rsatiladi. 
6. Schet-faktura
. Bu hujjat o'stirishdagi va boquvdagi mollarning chetdan sotib olinishi 
va chetga sotilishida tuziladi. Nasldor bo'lgan yosh mollar bo'yicha schyot fakturalarga 
ularning “nasldorlik guvohnomasi” ilova qilinadi.
7. Sutkalik yosh parrandalarning chiqishi va saralash dalolatnomasi 
(106-shakl). 
Ixtisoslashgan xo’jaliklarda inkubasiyadan chiqqan jo'ja va boshqa parrandalarni hisobga 
olishda tuziladi.
Chorvalik fyermalarida o'stirishdagi va boquvdagi mollarni hisobga olish daftari (34-
shakl) yuritiladi. Ushbu daftarda yuqorida nomlari keltirilgan hujjatlar asosida hayvon va 
parrandalar tarkibidagi o'zgarishlar hisobi yuritiladi. Har oyning oxirida daftardagi 
ma'lumotlar jamlanadi ular asosda "Mollar va parrandalar harakati to'g'risida hisobot" (102-
shakl) to'ziladi. Ushbu hisobot ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi fyermada, ikkinchi nusxasi 
boshlang'ich hujjatlar ilova qilingan holda buxgaltyeriyaga topshiriladi. 
O'stirishdagi va boqudagi mollarning, chunonchi qoramol, chuchqa, ishchi hayvonlar
qo'y va echqilarning bolalari, boquvga qo'yilgan hayvonlar, asosiy podadan brak qilinib 
burdoqiga qo'yilgan hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar, asalari oilalari va 
boshqa hayvonlarning hisobi 1110 «O'stirishdagi va boquvdagi mollar» schyotida olib 
boriladi. Ushbu hayvonlarning saqlash xarajatlari 2000 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotlar 
tizimining 2020 "chorvachilik" schyotida hisobga olib boriladi. 
1110- "O'stirishdagi va boquvdagi hayvonlar" schyotida ularning harakati qo'yidagi 
yozuvlar bilan aks ettiriladi: 
- mahsuldor hayvonlardan olingan nasl yoqiularning o'sgan vazni summasiga:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə