10-Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish jarayoni hisobi va mahsulot


Qishloq, xo’jalik ishlab chiqarishida to'tgan o'rniga ko’ra



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix12.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#148928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
10-mavzu Асос иш чиқ жараёни ва калькул

Qishloq, xo’jalik ishlab chiqarishida to'tgan o'rniga ko’ra 
qishloq xo’jalik 
korxonalarining ishlab chiqarish zahiralari asosiy va yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga 
bo'linadi. 
Qishloq xo’jalik xo’jaliklarida 
asosiy ishlab chiqarish zahiralariga
dehqonchilik va 
chorvachilik mahsulotlarni etishtirishda ishlatiladigan urug'liklar, minyeral o'g'itlar, em-
xashak, dori-darmonlar va shu kabi boshqa matyeriallar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish 
zahiralarisiz dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirib bo'lmaydi. 
Yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga
 
dehqonchilik va chorvachilikda ishlatiladigan 
turli xo’jalik matyeriallari, ehtiyot qismlar, yoqilg'i, moylash matyeriallari, idish va idishbop 
matyeriallar, plenKalar, urov matyeriallari va shu kabilar kiradi. 
Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini ta'minotchilardan sotib 
olinishi, ta'sischilardan ta'sis badali sifatida kirim qilinishi, boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslardan bepul olinishi xalq xo'jaligining boshqa tarmoq korxonalaridagidek schyot-
fakturalar, shuningdek ularga ilova qilinadigan turli hujjatlar (TTN, vagon spesifikasiyasi sifat 
syertifikati, 
o'lchov-tahlil 
qaydnomalari, 
dalolatnomalar 
va 
boshqalar) 
bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini aholidan nakd pulga sotib olinishi hisobdor shaxslarning 
bo'nak hisobotlariga kiritilgan turli kvitansiyalar, dalolatnomalar, cheklar, bozorlar 
ma'muriyatlari tomonidan berilgangan ma'lumotnomadar bilan tasdiqlanadi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini chiqimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:


 - schyot-faktura - ishlab chiqarish zahiralarining turli boshqa korxonalarga va 
xodimlarga sotilishida; 
- limit - zabor kartasi, talabnoma, nakladnoy - ishlab chiqarish zahiralarining
sarflanishida.
- minyeral, organiq va baktyeriologik o'g'itlar, zaharli ximikatlar gyerbisidlarni 
hisobdan chiqarish dalolatnomasi - minyeral va boshqa o'gitlar zaharli ximikatlar va 
gyerbisidlarning sarflanishida. 
- tovar-transport nakladnoyi - o'simlikchilik mahsulotlari tayyorlov tashkilotiga jo'natish
(sotish)da;
- nakladnoy - ishlab chiqarish zahiralarining ichki xo’jalik ehtiyoji uchun 
foydalanishda;
- em-xashak sarflash qaydnomasi - chorva mollarini ozuqlantirish uchun em-xashak 
sarflash vaqtida; 
- urug'lik va ekish matyeriallarini sarflash dalolatnomasi - urug'lik va ko’chat 
matyeriallarini sarflashda. 
Qishloq xo'jaligi korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini ta'minlash 
uchun ombor xo'jaligi tashkil etiladi. Omborlar umumiy va maxsus omborlarga bo'linadi. 
Umumiy omborlarda korxona ehtiyoji uchun zarur bo'lgan inventarlar, qop-qanorlar, idishlar 
va boshqa matyerial boyliklar saqlanadi, Maxsus omborlar ma'lum turdagi zahiralarni saqlash 
uchun tashkil ztiladi, masalan, yoqilg'i ombori, o'g'itlar ombori va x.k. 
Ombor xo'jaligini tashkil etilishi, tegishli uskunalar bilan jihozlanashi uchun korxona 
rahbari mas'ul hisoblanadi. Omborda saqlanadigan zahiralar uchun ombor mudiri moddiy-
javobgar shaxs hisoblanadi, Ombor mudiri ombor xo'jaligi hisobini yuritadi. Bunday hisob 
registrlari, bo'lib "Ombor hisobi daftari" yoki "Ombor hisobi kartochkasi" hisoblanadm. 
Ushbu hisobotlar ishlab chiqarish zahiralari kirimi va chiqimini aks ettiruvchi hujjatlar 
asosida yuritiladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə