10-Seminar mashg’uloti. Mavzu: Hadis ilmining paydo bo’lishi,Imom Ismoil al-buxoriyning”Al adab al-Mufrad”hamda “As-sahih”asarlari Reja



Yüklə 234,29 Kb.
səhifə6/10
tarix13.10.2023
ölçüsü234,29 Kb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-seminar

Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog’ida Shayx Ibrohim xonadonida tug’iladi. Etti yoshida otasidan, so’ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, shuningdek, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’zi asoslagan g’oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ollohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri “Qur’on” g’oyalari va payg’ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy hislatlar – muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari – haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zero, tasavvuf – nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs – ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma eyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on,
Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yi sung’on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q.

Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on,
Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda qolgan,
Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon
Ul sababdan oltmish uchda kirdim erga.
Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam,
Oqil ersang g’animatdur senga shul dam
Omonatdir aziz joning yurma beg’am,
Eshitib o’qib erga kirdi qul Xoja Ahmad.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.


Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari etaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik – Haqqa etishish, unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi hislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxohfot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.



Yüklə 234,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə