10-Seminar mashg’uloti. Mavzu: Hadis ilmining paydo bo’lishi,Imom Ismoil al-buxoriyning”Al adab al-Mufrad”hamda “As-sahih”asarlari Reja



Yüklə 234,29 Kb.
səhifə2/10
tarix13.10.2023
ölçüsü234,29 Kb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-seminar

Umumiy tushunchalar:
Islom dini g’oyalari targ’ibotining dastlabki yillari payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salomning g’oyaviy e’tiqodlariga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati tobora kuchayib boradi. Bir necha urushlar bo’ldi. Shundan so’ng Allohning izni bilan Makka shahridan Madina shahriga hijrat etishga ruxsat bo’ldi. Payg’ambarimiz Muhammad alayhis-salom 622 yilda o’z sahoba va tarafdorlari bilan Madina shahriga yo’l oldilar. Musulmonlarning hijriy yil hisobi xuddi shu yildan boshlanadi.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan.
. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih” hadislarni yod olgan. Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ’ibotchisiga aylanadi.


1-asosiy savolning bayoni.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrlarda to’rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug’ullangan. Mazkur bilimlarni o’rganishning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib, «Hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” («Ishonarli to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-Shamoil an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki “Sunna” so’zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohining hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy hislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog’liq hadislarda mujassamlangan.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg’ambar Muhammad Alayhis-salom arab bo’lmagan kishilarning hadislarni Qur’oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho’chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq payg’ambar Muhammad Alayhis-salom huzurida sahoblar bo’lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana shunday mo’’tabar kishilardan biri bo’lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to’g’ri, ishonarli (sahih) hadislar hisoblangan. Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon berganlar. Hadislarni to’plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan berilgan.
Movarounnahrda birinchi bo’lib hadis to’plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari sifatida Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayli al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb ash- “Sahih” yo’nalishining asoschisi eng etuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo’lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 yilning 20 iyulida), (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go’dakligida otadan etim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo’r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o’rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi’ ibn Jarroli kabi olimlar tomonidan to’plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so’z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o’n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo’lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo’lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u erda etuk muhaddislardan hadis ilmi bo’yicha, Damashq, Qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo’yicha ta’lim oladi. Shuningdek, allomaning o’zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi.
Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o’tkir zehnli hamda ziyrak olim bo’lgan. Manbalarga ko’ra, “Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko’pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o’sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o’chirib-yoqar ekan”1. Imom Buxoriyning o’tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o’tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o’tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o’tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen Nega hadislarni yozmaysan?, - deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o’qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo’ldik”2.
Imom Ismoil al-Buxoriy o’ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo’lgan. U hadis ilmining etuk olimi sanalsada, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o’rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o’zidan esa to’qson ming nafar kishi ishonarli hadislarini eshitgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to’plagan., 100 ming “sahih” va 200 ming “g’ayri sahih” hadislarni yod olgan. Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ’ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko’ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xohd ibn Ahmad ibn Xohd az-Zuhaliy uni saroyga kelib hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo, Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifni qabul etadi va: “Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo’lsa, bolalarni (ikkinchi rivoyatda saroyidagilarni) uyimga yoki masjidimga yuborsin”, - deb javob beradi1. Shu bois alloma bilan amir Xohd ibn Ahmad az-Zuhaliy o’rtasidagi munosabatga bir oz putur etadi. Bunga ayrim hasadgo’y shaxslarning ig’volari ham sabab bo’ladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o’z yurtlariga taklif etadilar. Yo’lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo’lgan Hartang qishlog’i (hozirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo’lib qoladi va shu erda hijriy 256 yili ramazon oyining ohirgi kuni (milodiy 872 yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu erga dafn etiladi.
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi ta’limotdir. Shu sababli Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.



Yüklə 234,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə