10-Seminar mashg’uloti. Mavzu: Hadis ilmining paydo bo’lishi,Imom Ismoil al-buxoriyning”Al adab al-Mufrad”hamda “As-sahih”asarlari Reja



Yüklə 234,29 Kb.
səhifə4/10
tarix13.10.2023
ölçüsü234,29 Kb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-seminar

2-asosiy savolning bayoni.
So’fiylik ta’limoti VIII asr ohiri va IX asr boshlarida paydo bo’lib, butun musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Movarounnahrda ham keng tarqalgan. So’fiylik butun Sharq ma’naviy hayotida inson kamoloti xususidagi g’oyalarning shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
So’fiylik musulmon sharq xalqlarining ko’p asrlik ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ollohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya qilish vositasi bo’lib xizmat qildi. So’fiylik ko’p qirrali oqim bo’lib, “sof”, “yagona” so’fiylik hech qachon bo’lmagan. U turli ko’rinishlar, oqimlar tarzida namoyon bo’lgan. Ammo, har biri ham inson takomili muammosiga turlicha yondoshib, uni o’ziga xos yo’l, qarash asosida talqin etgan. So’fiylik ta’limoti g’oyalariga e’tiqod va amal qiluvchi kishilar so’fiylar deb nomlanadi.
Tavhid – Allohning yagonaligini e’tirof etish; adl – adolat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir; nubuvvat – payg’ambarlik; qiyomat yoki maod – qiyomatning sodir bo’lishi, ohiratning mavjudligi, o’lganlarning tirilishi kabi qarashlar mohiyatiga ko’ra sunniylik yo’nalishida ustuvor bo’lgan g’oyalarga mos keladi. Shialikda beshinchi aqida – imomat (imom tomonidan boshqariladigan hokimiyatning mavjud bo’lishi) bo’lib, mazkur g’oya sunniylik va ushbu yo’nalish tomonidan e’tirof etilgan xalifalik hokimiyatining mavjud bo’lishi xususidagi aqidaga zid keladi. Shialik yo’nalishining tarafdorlari Ali va uning avlodlari sanalgan o’n ikki imom tomonidan boshqarilgan hokimiyatni tan oladi.
Shialar ham muqaddas shaharlar Makka va Madinaga borib, Ka’bani ziyorat qilsalar-da, Karbalo va Najaf shaharlaridagi shialik imomlari qabrlarini ham muqaddas deb e’tirof etadilar. Shialik asosan Eronda ustuvor bo’lgan e’tiqod hisoblanadi. Keyinchalik, sunniylik va bir qator progressiv oqimlar doirasida, VIII asr oxiri va IX asr boshlarida so’fiylik ta’limoti paydo bo’ldi. Mazkur oqim butun musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Markaziy Osiyo hududida keng tarqaldi.
So’fiylik ta’limoti butun Sharq ma’naviy hayotida komil inson va uni shakllantirish borasidagi g’oyalarning shakllanishida muhim rol o’yinadi. So’fiylik ta’limoti va uning mohiyati xususida qator tadqiqotlar olib borilgan bo’lib, mazkur manbalar so’z yuritilayotgan ta’limotni o’rganishda boy manba bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asari so’fiylar silsilasi haqida qimmatli merosdir.
Mazkur oqim VII-VIIIasrda arab mamlakatlarida paydo bo’lib, so’ngra boshqa musulmon mamlakatlari, xususan, Movarounnahrda ham keng yoyildi. Lekin olimlar bu oqimning ba’zi ko’rinishlari islomgacha ham mavjud bo’lganligini ta’kidlaydilar. So’fiylik nazariyasiga ko’ra, dunyo, mavjud borliq xudoning mujassamlanishi. Xudo barcha ko’rinadigan narsalarda, narsalar esa xudoda mavjud. Borliq – dunyoviy ruh shaklida butun olamga tarqalgan va xudo singari yagonadir. Inson esa ana shu ruhning bir qismi, shu bois ertami-kechmi u bilan qo’shiladi.
Amaliy qism axloqiy me’yor va xulq-atvor qoidalarining muayyan tizimidan iborat bo’lib, bu me’yor va qoidalar xudbinlik va shaxsiy manfaatlardan o’zini tiyishni talab etadi. So’fiylik musulmon Sharq xalqlarining ko’p asrlik ma’naviy hayotining g’oyaviy asosini belgilab bergan ta’limot bo’lib maydonga chiqdi. U ollohiy poklik va insoniy go’zallikni idrok etish yo’li, haq va haqiqatni himoya etish vositasi bo’lib xizmat qildi. So’fiylik asosan uch oqimga mansub:
Birinchi oqim Mansur Xalloj, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiylar mansub bo’lgan oqim. Ularning ta’lim berishicha, xudo har jihatdan komildir, eng oliy go’zallik, shodlik, baxt uning vaslidadir, foniy bo’lishidadir. Inson o’zini haqiqatga, -xudoga nisbatan hech deb bilishi kerak. Inson yashayotgan hayot haqiqiy baxt-saodat bera olmasligi, asl, haqiqiy osudalik, baxt, saodat faqat xudoda, uning vaslida ekanligi, u bilan vahdat tashkil etish, ya’ni, uning vasliga etish kerakligi xususidagi qarashni ilgari suradilar. Lekin, ular taqvoni riyodan ajratib, oliy haqiqatga intilishni jannat va do’zax haqidagi intilishlardan farq etib borishlari bilan ajralib turadilar. Insonning ichki kechinmalari holatiga ahamiyat berib, chin ixlos va sidqni birinchi o’ringa qo’yadilar. So’fiylar qalbni har qanday xudbinlik, riyo, ta’magirlik, hasham va mol-dunyoga o’chlikdan tozalab borish bilan oliy haqiqat ko’zgusiga aylantirishni, ya’ni, poklikni asosiy maqsad qilib qo’yadilar.
So’fiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo’lida quyidagi to’rt bosqichni o’tishi kerak deb hisoblaydilar.

Yüklə 234,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə