10-Seminar mashg’uloti. Mavzu: Hadis ilmining paydo bo’lishi,Imom Ismoil al-buxoriyning”Al adab al-Mufrad”hamda “As-sahih”asarlari Reja



Yüklə 234,29 Kb.
səhifə3/10
tarix13.10.2023
ölçüsü234,29 Kb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-seminar

Muhammad ibn Iso at-Termiziy
Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo’lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da tug’ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo’q. Ba’zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo’lgan deb qayd etadilar. Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan.
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo’lib, uning yordamida hadis ilmidan to’laqonli ravishda xabardor bo’ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan. Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o’tkirligi, xotirasi va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar yozishga kirishadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlariga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi. Alloma tomonidan o’ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og’ishlar haqida”) kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o’z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, yoshi kattalar, ota-ona va qarindoshlarga hurmat g’oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko’ra shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi hislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Islom ta’limoti g’oyalariga ko’ra har bir musulmon eng avvalo iymonli bo’lishi kerak. Qur’oni Karimda ta’kidlanganidek, Islom dini ta’limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e’tiqodni shakllantirishdir.
Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo’lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog’liqligi ko’rsatilgan:
- to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq;
- kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog’i1 (Keyingi misollar ham ushbu kitobdan olindi).
Imon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60 dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o’tiladi. Sanab o’tilgan belgilarning har biri inson ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi hislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: “Qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, “O’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo’min bo’la olmaysiz” (3-4-boblar); “Uchta hislatni o’zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo’lgaydir:
- insofli va adolatli bo’lmoq;
- barchaga salom bermoq;
- kambag’alligida ham sadaqa berib turmoq” (20-bob).
“Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoe qilishdir”1 mazmunidagi hadis orqali o’zlashtirilgan ilmni takrorlab borish, faqat chuqur va puxta bilimlargagina ega bo’lgan kishilarning atrofdagilarga ilm berishining maqbul ekanligiga urg’u beriladi. Shuningdek, hadislarda ilmning kishilarni fahm-farosatli, o’tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo’lsa ham borib o’rganinglar”, - deya da’vat etiladi. “Olim bo’l, ilm beruvchi bo’l yoki ilm o’rgatuvchi bo’l yoki tinglovchi bo’l. Beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan” mazmunini ilgari suruvchi hadisning bayon etilishi orqali ham ilmli bo’lish insonni falokat va uning yomon oqibatlaridan saqlovchi omil ekanligiga urg’u beriladi (41-hadis).
Bir qator hadislarda ilmning ibodatdan ustun ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Xususan, “Ilm ibodatdan afzal va u taqvo dinining ustunidir” (268-hadis). Biroq ilmning manfaatsiz holda sarflashdan saqlanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi va ilm ahlini ana shunga da’vat etiladi (173-hadis), haqiqiy komil insonning bilimga boy, xushxulq, sog’lom bo’lishi (182-hadis), uni faqat foydali ishlar va insonlarning farovon hayot kechirishlari yo’lida sarf etish kerakligi ham uqtiriladi: “Boshliq bo’lmasingizdan avval ilmni chuqur o’rganing! Rasullohi sallallohu alayhi-vassalamning sahobalari yoshlari ulg’ayganda ham ilm o’rganganlar. Rasullohi sallollohu alayhi-vasallam: ikki narsadan o’zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri – kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo’lida sarflayotgan bo’lsa, ikkinchisi – kishiga Olloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o’rgatayotgan bo’lsa”, – deydilar»1.
Ma’lumki, islom ta’limotida eng yuksak hislatlardan biri sifatida ota-onaga g’amxo’rlik, ularni e’zozlash, ota-ona haqqini o’z o’rniga qo’yish, farzandning ular oldidagi haqqi borasidagi masalalarning yoritilishiga alohida e’tibor beriladi. Hadislarda ham ana shu talablar o’z ifodasini topgan. Ota-onani xafa qilib yig’latish eng katta gunoh sifatida e’tirof etilgani quyidagi, ya’ni, Olloh Taoloning mavjudligiga shirk keltirish, odam o’ldirish, urush maydonidan qochish, afifa (o’zini pokiza saqlagan) xotinni fohisha deb tuhmat qilish, ribo (ijaraxo’rlik), etimlar molini emoq, Olloh Taoloning qudrati va irodasini inkor qilish, odamlarni masxara qilish hamda ularni kamsitish kabi holatlar qatorida tilga olib o’tiladi. Hadislarda ota-onaning dilini og’ritib, ozor berish, ularni xafa qilib, buyruqlarini bajarmaslik ham qoralanadi: “Abdulloh ibn Amr (Roziyollohu anlih) aytadilar: bir kishi Rasulloh huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay’at qilishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo’lmay, xafalikdan yig’lab qolgan edilar. Shunda Rasulloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor! Hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo’ldim, deb ularni xursand qil”, - dedilar (13-hadis). Islomda eng katta gunoh Olloh Taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo’lish hisoblanishi 15-hadisda alohida ta’kidlanadi. Ota-onaning ham o’z navbatida farzandlarini tarbiyat etmog’i, odob o’rgatishi, yaxshilik qilishi lozimligi ta’kidlanadi: «Namir ibn Avs aytishlaricha, o’tmish kishilari bolalarning solih-qobil bo’lishlari Olloh Taoloning tavfiqi bilan bo’ladi, ammo ularga odob-axloq o’rgatish otalari vazifasidir, der edilar” (92-hadis)»2.



Yüklə 234,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə