10-Seminar mashg’uloti. Mavzu: Hadis ilmining paydo bo’lishi,Imom Ismoil al-buxoriyning”Al adab al-Mufrad”hamda “As-sahih”asarlari Reja



Yüklə 234,29 Kb.
səhifə5/10
tarix13.10.2023
ölçüsü234,29 Kb.
#127705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
portal.guldu.uz-seminar

Birinchi bosqich – Shariat. Diniy marosim va shariat aqidalari (taqvolar)ni aynan, izchil bajarish. Chunki shariat-qonun bo’lib, bu qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich – Tariqat. Nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma’naviy muhabbatni takomillashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni, o’zidan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich Ma’rifat. Hamma narsa, butun borliqning asosi – xudo ekanini, o’zlikning mohiyati xudoning mohiyati bilan uyg’un ekanligini bilish va anglash. Mazkur holatda odam uchun kibru havo, manmanlik hamda shon-shuhrat be’mani bo’lib ko’rinadi. Shunda u orif, ya’ni, bilimli va xudoni tanigan inson bo’ladi.
To’rtinchi bosqich Haqiqat. Mazkur bosqichda so’fiy xudoning dargohiga etishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, vahdat (tavahhud) tashkil etadi va shu asosida inson foniy, ya’ni “anal-haq” bo’la oladi.
Mazkur oqim tarafdorlaridan birinchi so’fiy Eronlik Abu Yazdit Tayfur al-Bistamiydir (875 yilda vafot etgan). So’fiy Husayn ibn Mansur Halloj esa o’zining xudo bilan “qo’shilganini” isbotlash uchun “Anal-haq” (“Men haqman”, “Men xudoman”) deb da’vo qiladi hamda o’z ta’limotini ilgari suradi. U Qur’onning muqaddasligi va Muhammad Alayhis-salomning payg’ambar ekanligini inkor etishga uringanlikda ayblanib, xurofotchilar tomonidan qatl etildi. Zero, ushbu ta’limot saroy ahli va jaholat bilan yaqinlashgan ba’zi kalom va falsafa ilmi ulamolariga yoqmadi, oqibatda qalbni oliy haqiqatga erishish yo’lida poklash maqsadini ilgari surgan ezgu ta’limot bid’at deya baholandi.
So’fiylikning ikkinchi oqimiga mansub bo’lgan so’fiylar birinchi oqim namoyandalari tomonidan ilgari surilgan qarashlarni qabul qilganlar, biroq mazkur qarashlarni islom ta’limotida targ’ib etilgan tartib-qoidalarga moslashtirganlar. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi Zayniddin binni Muhammad Imom G’azzoliy (1058-1111 yillar) hamda Ahmad Yassaviylar sanaladilar.

Yüklə 234,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə