11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti


Pul  muomalasi va Hindiston moliyasi



Yüklə 194,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix11.12.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#144466
1   2   3   4   5
11-mavzu

Pul 
muomalasi va Hindiston moliyasi
» kitobi chop etildi. 1919 yilda «
Versal tinchlik 
shartnomasining iqtisodiy oqibatlari
» nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida 
ko’pchilikka tanildi.
Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. 
Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik 
to’g’risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to’g’risida risola» (1923), «Mister 
CHerchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» 
(1926), «Pul to’g’risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik 
keltirgan bosh asari - «
Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi
» 
(1936) kitobidir. 1940 yilda «
Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin
» 
degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, 
uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini isbotlashga o’rinishdir. 
Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o’rin egallaydi va 
bu o’ziga xos inqilob bo’lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy 
asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. 
Keyns ta’limotining asosiy va yangi g’oya shuki, bozor iqtisodiy 
munosabatlari tizimi mukammal va o’z-o’zini avtomatik ravishda tartibga sola 
olmaydi. SHu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o’sishni faqat 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy 
iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog’liq edi. Yetakchi olimlarning 
ta’kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar 
faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan 
bog’liq, bu tengsizlik printsipida davlatning aralashuvi bilan to’zatilishi mumkin 
edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining 
davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, 
kapital, ish haqi va boshqalar bo’yicha asoslanadi. Psixologik omillarning 
ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo’shimcha qiymatni inkor 



etadi, uni ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasi bilan almashtiradi. Keyns 
kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini to’g’rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvi tarafdori bo’lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni 
inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar.
Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya’ni iste’mol 
va jamg’arishni birinchi o’ringa qo’yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy 
ta’limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi 
talab etiladi, protektsionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u 
yaratgan kontseptsiyaga merkantilistlarning ta’sirini imkor etmaydi. Ikkala 
ta’limotdagi umumiy g’oyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko’paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz 
pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga 
investitsiyalarni qo’yishni rag’batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar 
oshuvini qo’llash (savdo va ishlab chiqarishni rag’batlantirish usuli sifatida), 
pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy 
(davlat) harakteriga ega ekanligi tushuniladi.
U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya’ni makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
bo’lgan milliy daromad va jamg’armalar o’rtasidagi bog’lanish va nisbatlarni tadqiq 
qilish g’oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o’z davrida fiziokratlar (F.Kene, 
A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo’llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy 
yondashuv, ya’ni alohida xo’jalik ob’ektlari bo’lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil 
etish rasm bo’lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb 
qaralar edi. Asosiy e’tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. 
Keyns ta’limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog’liqdir. Agar Marks 
kapitalistik tizimning yemirilishini bashorat qilgan bo’lsa, Keyns kapitalizm 
muhandisi sifatida uni ta’mirlash yo’lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan 
rag’batlantiraladigan talab «samarali talab» kontseptsiyasi ilgari suriladi. 
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning 
sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning 



qayfiyatiga qarab ro’y beradi, ya’ni optimizmdan pessimizmga o’tganda bo’ladi. 
Asosiy e’tibor «iste’molga moyillik» va «jamg’arishga moyillik»ka qaratiladi. 
Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan 
bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol 
daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg’arishga 
intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar 
odatda daromadlar ortishi bilan iste’molni ham o’stiradi, ammo bu o’sish 
daromadlar darajasida bo’lmaydi. Oqibatda daromadlar o’sishi bilan jamg’arish 
ortadi va iste’mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, 
talab shunday yo’l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir 
etadi. 
Iste’mol talabining yetarlicha o’smasligi yangi investitsiyalarga 
harajatlarning oshuvi yo’li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining 
ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo’li bilan qoplanishi mumkin. SHu 
sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi 
rolni o’ynaydi. Keynsning fikri bo’yicha investitsiyalar hajmi investitsiyalarga 
bo’lgan intilishga bog’liq. Sohibkor investitsiyalarni kapitalning «eng yuqori 
samaradorligi» foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi 
o’lchanadigan rentabellik). Kiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, 
foiz darajasi esa mo’’tadil bo’ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni 
pasaytiradi, demak, bandlik o’sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori 
samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o’sishi, shuningdek, kapitalist-
tadbirkorlarning bo’lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan 
tushuntiriladi. Keyns ta’limoti bo’yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - 
«iste’molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog’liq. 
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun 
qo’llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy tendentsiyaga ega 
hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir. 
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo’shimcha kapital birligi 
tomonidan vujudga keltiriladigan bo’lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab 



chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan 
narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital 
noyobligi, ya’ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko’payishi 
borasida uning samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika 
taraqqiyoti sharoitida va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida 
«kapitalning eng yuqori samaradorligi» nolga tenglashishi mumkin, deydi u. 
Kapitalning samaradorligi psixologik omillarga bog’liq ekan, endi kapitalistning 
o’z korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o’zgaradi. 
Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb 
hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga 
bog’liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori 
«likvidlilik afzalligi»ga to’g’ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari 
proportsionaldir. 
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan, ya’ni 
boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. 
Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o’z 
boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, 
mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist 
likvid shaklda saqlamoqchi bo’lgan resurslarning miqdori bilan o’lchanadi. 
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy bandlik hajmini 
aniqlashdagi asosiy roli to’g’risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol talabining yetarli 
emasligini to’ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni 
kengaytirish masalasi iste’mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalarning 
ko’payishi ishlab chiqarishga qo’shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa 
bandlik, milliy daromad va iste’mol o’suvini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar 
tufayli bandlikning dastlabki o’suvi yana qo’shimcha bandlikni vujudga keltiradi, 
chunki qo’shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug’iladi. Qo’shimcha 
bandlikning o’sish koeffitsientini Keyns 

Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə