11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti



Yüklə 194,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#144466
1   2   3   4   5
11-mavzu

akseleratsiya
printsipi bilan to’ldirdilar. Bu printsipga ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar 
o’sishi investitsiyalar o’sishiga olib kelishini ko’rsatuvchi koeffitsent (multiplikator 
tushunchasiga teskari). Multiplikator printsipiga ko’ra investitsiyaning qanday 
ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, 
daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investitsiyaning qanday 
ishlatilishiga katta e’tibor berib, industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. 
Akselerator investitsiya o’sishining daromad o’sishiga, ya’ni investitsiyadan 
keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi printsipning mohiyati shundaki, ba’zi bir asbob-uskuna, mashina va 
mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan o’zoq vaqt talab etiladi, shu muddatni 
ko’tish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) 
ta’sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo’ladi va investitsiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g’oyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz 
o’sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo’yilmalari yotadi. 


10 
Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm 
hisoblanadi. 
Soliqlar iqtisodiyot o’sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat 
to’lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o’sish davrida kamayadi. SHu yo’l 
bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me’yorlashadi. Bunda xususiy 
kapital qo’yilmalarini tartibga solish va davlat harajatlarini sharoitga qarab 
o’zgartirish chegaralari ham belgilanadi. O’sish davrida davlat harajatlarini 
cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo’l bilan xususiy harajatlarni 
kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni kon’yunkturani 
me’yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi (AQSHda harbiy harajatlar doim 
yuqori bo’lishiga e’tibor bering). 
Frantsiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari Keyns 
g’oyalari Frantsiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g’oyalarini to’laligicha 
(
G.Ardan, P.Mendes-Frans
) qabul qilganlar ham bo’ldi. Ba’zilari (
F.Perru
) ssuda 
foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar, bundan ko’ra iqtisodiyotni 
rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo’li bilan tartibga solishni monopolistik 
kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Frantso’z olimlari 
imperativ
va 
indikativ
rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv 
harakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi 
asosiy maqsadlarni belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlarni ma’lum hatti-
harakatlarga yo’naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy 
hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda 
shu usul qo’llaniladi). Uzoq muddatli prognozlar va rejalar to’zish keng 
qo’llanilmoqda (bu haqda to’laroq ma’lumot quyida beriladi). 
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga 
qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSH va boshqa mamlakatlarda bu 
inqirozlar davom etmoqda. 1948-49, 1953-54, 1957-58, 1960-61, 1967, 1969-71, 
1974-75 va 1981-82 yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir. 
Bular Keyns ta’limotini tanqid qilish uchun asos bo’ldi. Masalan, 
S.Harrisning fikricha, Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola olmagan, masalan, 


11 
to’la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni doimo ta’minlash 
haqida taklif yo’q, inflyatsiyaning eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining 
chegarasi ham berilmagan. 
Keyinchalik yangi keynschilik o’rniga postkeynschilik vujudga keldi. Ingliz 
iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik olimlar A.Eyxner, 
S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik 
tizimning ichki turg’unligi kontseptsiyasini tanqid qiladilar, Keyns bo’yicha 
go’yoki asosiy g’oya kapitalistik iqtisodiyotning nostabilligi bo’lgan. Yangi 
keynschilik g’oyalari ham tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns 
g’oyalarini statik, ya’ni turg’un deb qarasalar, ular bu ta’limotni dinamik, ya’ni 
harakatchan nazariya deb qaraydilar. 
Postkeynschilarning avvalgi davrda paydo bo’lgan «yuqori naf», «ishlab 
chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid qilishi harakterlidir. 
Ular o’z g’oyalarini D.Rikardoning qiymat qonuniga asoslanib ilgari suradilar. 
Ularga polshalik iqtisodchi M.Kaletskiyning taqsimot kontseptsiyasi qo’l keldi. 
Investitsiyalar o’sishi bilan ayrim sinflar iste’molining hissalari o’rtasidagi 
bog’lanish qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o’z tadqiqotlariga ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar, masalan kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu 
ta’limotda o’sish va taqsimot muammolari markaziy o’rinni egallaydi. Ishlab 
chiqarishda o’sish sur’atlari milliy daromadning taqsimotiga bog’liq, daromad va 
uning o’sishi esa jamg’armaga, umumiy jamg’arma esa ish haqi va foydadan 
jamg’arilgan jami summaga bog’liq. «Jamg’arishga moyillik» har kimda har xil 
bo’lgani sababli, taqsimotdagi o’zgarishlar jamg’armaning umumiy summasiga 
ta’sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o’sishiga ta’sir qiladi. 
Undan tashqari, milliy daromadni taqsimlash kapital jamg’arilishi funktsiyasi 
hisoblanadi. Kapitalning jamg’arilish sur’ati foyda normasini belgilaydi va demak, 
milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish haqi hissasi qoldiq miqdor 
sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu nisbatga ma’lum o’zgartirish kiritishi 
mumkin. Bu yo’nalish tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g’oyalar 
hisoblanadi. 


12 
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish 
mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. Ko’pchilik «daromadlar 
siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo’l bilan inflyatsiyaga qarshi ko’rashish mumkin. 
Keyns g’oyalarini neoklassik yo’nalish bilan yaqinlashtirishga intiluvchilar 
ko’p bo’lgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. Uning fikricha, 
inqirozlarning asosiy sababi - bu ish haqining kam egiluvchanligidir. Bandlik to’la 
bo’lmagan holda makroitisodiy muvozanat faqat ish haqi va baholarning elastik 
(qayishqoq) bo’lmagan holatida mumkin deb qaraladi. 
Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendentsiya xukmron bo’lib hisoblanadi: 
1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog’liq amerika keynschilari va 2) 
avvalo Frantsuz tadqiqotchilari nomi bilan bog’liq Yevropa keynschilari. 
50-yillarda keynschilik g’oyalari rivojlantirilib, yangi g’oyalar ilgar surildi. 
Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o’sish sur’atlari doimligini ta’minlovchi 
mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda «multsipirikator-
akselerator» sistemasini hisoblashga asoslangan va o’ziga xos keynschilikning 
o’sish nazariyalari, jamg’arish va iste’mol o’rtasidagi o’zoro bog’lanish 
harakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi.
Yuqorida 
tilga 
olingan 
iqtisodiy 
o’sish nazariyalarining asosiy 
namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar (1914) 
va Oksford universiteti professori Robert Harrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning 
nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo’’tadil) sur’atlarda o’sishi dinamik 
barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq 
ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina 
ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to’la foydalanishga erishish 
mumkin. Harrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo’yicha ayrim 
parametrlar, 
chunonchi 
daromadlardagi 
jamg’arma hissasi va kapital 
quyilmalarning o’rtacha samaradorligi o’zrq davr mobaynida doim deb tan olinishi 
hisoblanadi. Mualliflar dinamik barqarorlik va doimiy o’sishga erishish avtomatik 
ravishda bo’lmasligi, balki davlatning shunga muvofiq siyosati natijasida, ya’ni 


13 
davlatning iqtisodiyotga faol ishtiroki tufayli ro’y berish mumkinligini 
ta’kidlaydilar. 
Domar va Harrod modellaridagi farq-boshlang’ich pozitsiyalardagi ayrim 
ko’rsatkichlardir. Masalan, Harrod medelida investitsiya va jamg’armalar tengligi 
g’oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) 
teng deb qabul qilinadi. Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o’sishini 
ta’minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, 
bunda shu narsa ko’zda tutiladiki, o’sshi bandlikka yordam beradi, bu esa o’z 
yo’lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu 
Keynsning shu sohadagi kontseptsiyasini so’z siz tan olishdir; chunki Keyns 
bo’yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg’armalar orasidagi proportsiyalar 
harakteri va dinamikasiga bog’liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o’sishi, 
baholar darajasi o’sishiga sabab bo’ladi, jamg’armalar o’sishi esa korxonalarning 
to’la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.
 
SHuni aniq qilib aytish kerakki, qeyns ta’limoti inqirozlar,urushlar va 
urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo’ldi, chunki favqulotta holatlar davrida 
davlatning roli kuchli bo’lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so’ng 
Farb mamlakatlarini sotsialistik orentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), 
davlat byudjeti qarzlari ko’payib, ishsizlik ham o’sgan, inflyatsiya kuchli. Bu 
ijtimoiy ishlarni ko’paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. 
Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo’li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, 
ammo pul massasini ko’paytirish (inflyatsiyaga olib keladi), ya’ni emissiya yo’li 
ko’pchilikka oson ko’rinadi. Bu kontseptsiya ma’lum davr mobaynida inflyatsiya 
bo’lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi. 
70-yillardan boshlab Keyns ta’limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi bo’yicha neoliberalizm g’oyalari asosiy bo’lib qoldi, chunki bu davrda 
jahoning ko’pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. 
Inflyatsiya, davlat byudjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar 
keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin 


14 
raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar 
kamayganligi ular g’oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar. 
70-80-yillar neoliberal g’oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay 
boshladi. Ko’p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi 
(nodavlat shakllariga o’tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), 
Frantsiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol 
yaxshilandi. 

Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə