11-mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti



Yüklə 194,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#144466
1   2   3   4   5
11-mavzu

multiplikator
deb ataydi, u bir tomondan 
investitsiyalar o’sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o’sishi 
o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Multiplikatorning formulasi



dYw 
K = -----------------; 
dJw
bunda 
K
- multiplikator koeffitsienti, 
Yw
- daromad o’sishi; 
Jw
- investitsiya 
o’sishi. Multiplikator «iste’molga eng yuqori moyillik» bilan bog’liq, chunki u 
iste’molga ketgan sarflar o’sishining daromadlar o’sishiga nisbatini bildiradi. 
«Iste’molga eng yuqori moyillik» qancha yuqori bo’lsa, multiplikator ham 
shunchalik katta va demakki, bandlik yaxshi bo’ladi. Keyns bir qancha hisob-
kitoblarga asoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu 
daromadlar o’sishi investitsiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya’ni 1 dollar 
investitsiya 2.5 dollar daromad keltiradi. Olim o’zining iqtisodiy dasto’rini ilgari 
suradi. Unga ko’ra Keyns kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning 
muqarrarligini tan olmaydi. Ammo kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni 
avtomatik ravishda hal etish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy 
tashabbus asosida yechiladigan masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal 
qilish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini 
qisman cheklash, ba’zi boshqa yo’llar bilan iste’molga moyillikni oshirishga 
yordam berishi kerak, deydi u. 
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida 
talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O’z davrida J.B.Sey va biz 
yuqorida ko’rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo’lib, har 
qanday taklif o’z-o’zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns 
«Sey qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to’g’ri tanqid ostiga oladi. 
Xususiy investitsiyalarni rag’batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish 
taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo’li bilan foiz 
darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish 
amalda inflyatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo’llash demakdir, ammo bunda ssuda 
foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga quyish uchun rag’batlantiriladi. 
To’la bandlikni ta’minlash uchun faqat investitsiyalarning emas, balki milliy 
daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida 



soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining «jamg’armalari»ni muomalaga 
kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab etiladi va bu omonatlar davlat 
investitsiyalarini oshirish uchun foydalanilishi mumkin deyiladi.
SHu vaqtning o’zida boylarning solig’ini oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns 
o’z taklifini quyidagicha tushuntiradi: Mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan 
maqsad - ularning «jamg’armalari»ni kamaytirish va iste’molni rag’batlantirishdir. 
Real ish haqini pasaytirish uchun inflyatsiya asosida narx-navoni oshirish yo’li 
tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan to’liq bandlikni ta’minlash mumkin 
emas, degan fikr ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib borishi tufayli 
bandlikning birmuncha ortishi ilgari band bo’lganlarning real daromadlari 
qisqarishi bilan bog’liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, ish haqini oshirish uchun 
ko’rashish kerak emas, deydi, chunki bu jami real ish haqining ishchilarning turli 
guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi, uning o’rtacha miqdori esa 
o’zgarmaydi. U ish haqini «o’zgartirmaslik» siyosatini o’tkazish va shu yo’l bilan 
narx-navo o’sishi sababli ish haqini oshirish talablarini yo’qqa chiqarishni taklif 
etadi. Uningcha, ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki 
shu yo’l bilan ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini 
pasaytirishning ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal ish haqini 
pasaytirishga ham qarshi emas edi. 
Ishsizlik va inqirozlarga qarshi ko’rash bahonasida unumsiz iste’molning 
barcha ko’rinishlari turli yo’llar bilan reklama qilinadi. Iqtisodiyotni 
harbiylashtirish bilan birga hukmron sinflarning parazitik iste’molini oshirish ana 
щunday yo’llar guruhiga kiritiladi. 
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo’lgan «

Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə