12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Koreksion pedagogika (defektologiya)



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Koreksion pedagogika (defektologiya)


Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashni o’rganadi.




Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.




Oligofrenopedagogika va oligofenopsixologiya- aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlntirishni o’rganadi.


Logopediya va nutqiy buzlishlar psixologiyasi - nutqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.




Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko’r, soqov va karlik)ni o’rganuvchi maxsus pedagogika va psixologiya sohalari.




1-rasm. Koreksion pedagogika sohalari
Pedagogik lug'atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to'liq) sifatida tushunilishi ta'kidlab o'tiladi.
Ana shu lug'atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga muhtoj bo'lgan, sog'lig'i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o'rtasidagi nomuvofiqlikni yo'qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o'qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta'lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
- rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
- differensatsiyali o'qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
- anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
- rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
- bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo'qotish yoki kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- anomal bolalikning oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
- anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə