12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang'ich umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati - 4 - 5 yil).
Asosiy umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati - 5 yil). Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo'yicha ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko'ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o'quvchidan iborat bo'ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaraf etilishiga ko'ra ommaviy umumiy o'rta ta'lim muassasalariga o'tkazilishlari mumkin.
2. (V-IX sinflar) ayrim o'zgartirishlar (muayyan o'quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda, ta'limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o'quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o'quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korreksion o'qitish davolash-sog'lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O'quv materiali hamda ta'lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo'lishi sabablari. Aqli zaiflikni o'rganish bilan bog'liq masalalar korreksion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va o'rganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi - oligofrenopedagogika tomonidan o'rganiladi. «Oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo'llanilgan. Oligofreniya - bu natal (tug'ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar bo'lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli tug'ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar kasalliklari bilan og'rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi, ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is'temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə