12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Mavjud bo’lgan nutqiy buzilishlari natijasida kelib chiqish ehtimoli bo’lgan ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o’z vaqtida aniqlash



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Mavjud bo’lgan nutqiy buzilishlari natijasida kelib chiqish ehtimoli bo’lgan ikkilamchi nuqsonlarning oldini olish, nutqidagi buzilishlarni o’z vaqtida aniqlash.

Pedagog va ota-onalar o’rtasida koreksion-logopedik bilimlarni tashviqot qilish.

O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlaridagi buzilishlarni tuzatish.


2-rasm. Logopedik punkt tomonidan amalga ohiriladigan vazifalar

O'quvchilar bilan logopedik puntkda korreksion ishlar butun o'quv yili davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik o'ta jiddiy bo'lsa o'qitish maxsus ta'lim muassasalarida olib boriladi. Bunda o'quvchi bilan davolash-sog'lomlashtirish va psixologik-pedagogik ishlarni birga olib borish nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi.


Logopedik yordam ko'rsatish sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta'minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo'lib, bu yerda nutqida buzilishi bo'lgan bolalarga logopedik yordam ko'rsatiladi.
Eshitish qobiliyati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo'lgan bolalar ko'pchilikni tashkil etadilar. Eshitish - borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi voki tovush analizatori (tovush ta'sirini qabul qiluvchi va airatuvchi murakkab nerv tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko'p hollarda muddatli bo'ladi. Masalan, o'rta qulog'ning tashkil topishi, shamollash, oltingugurt to'siqlarining yuzaga kelishi, tashqi va o'rta qulog'ining anomal tuzilishi (quloq suprasining boimasligi yoki yetarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo'llarining bitib qolishi, quloq pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni davolashning samarali metodlariga ega. Ular qatoriga konservativ va operativ metodlarni kiritish lozim. Odatda samarali davolash, ba'zan uzoq vaqt davolash tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og'rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab boiishi mumkin. Qulog'i og'irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko'ra: nasliv, tug'ma va kelib chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko'rsatiladi: homiladorlikning birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og'rishi (qizamiq, kor, gripp, gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug'ma nuqsonlari (masalan, labi va tanglayidagi yoriq), chala tug'ilish, kichik vaznli tug'ilishi (1500 dan kam) hamda yomon tug'ilishi kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste'mol qilishi, antibiotiklarni qabul qilishi ham sabab bo'lishi mumkin. Karlikning nasliy o'tishi holati juda kam kuzatiladi.
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;

  • eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;

  • eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.

Yuqorida ko'rsatilgan mezonlarga ko'ra eshitish qobiliyatining buzilishi qulog'i og'irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi. Karlik bu eshitish qobiliyatining qattiq yo'qotilishi bo'lib, bola mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi va qulog'iga juda yaqin masofadan gapirilganda ham aniq eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba'zi tovushlarini qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi.
Qulog'i og'irlik - bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi (80 detsibaldan kam) bo'lib, eshitish qobiliyati qoldig'i yordamida qulog'i oldida baland ovoz bilan gapirilganda bola nutqni eshita oladi. Bola minimal nutq boyligini mustaqil ravishda egallay oladi.
Karlar va qulog'i og'irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli bo'yicha farq qiladilar. Karlar so'z nutqini ko'rib (suhbatdoshining lablari va yuziga qarab) va eshitib ko'rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul qiladilar.
Yomon eshitadiganlar atrofdagilar bilan tabiiy munosabatlar jarayonida baland ohangda so'zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion o'qitish. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug'ullanadi. Surdopedagogika (yunoncha «surdus» - kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi korreksion (maxsud) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi ortda qoladi. Statistik ma'lumotlariga qaraganda eshitish organi funksiyasi buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.
Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:

  • eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdek, eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko'ra ularni o'qitish qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o'rganish;

  • eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta'lim mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;

  • eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o'qitishning didaktik va maxsus metodikalarini yaratish;

  • qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha maxsus ta'lim texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va boshqalar.

Ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktabida eshitish qobiliyati bir oz pasaygan bolalar o'qishi mumkin. O'qituvchi bola tomonidan darsda bildirilayotgan fikrlarni yaxshi eshita olishiga e'tibor berishi, buning uchun bolani birinchi yoki ikkinchi partaga, iloji bo'lsa o'rta qatorga o'tkazish kerak. Shuningdek, o'qituvchi bola lining gaplarini to'g'ri tushuna oiganligi, topshiriqni to'g'ri bajarayotganligini nazorat qilib turishi kerak. Ba'zida eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bolalar ommaviy, umumiy o'rta ta'lim maktablarida eshitadigan tengdoshlari bilan birga muvaffaqiyatli o'qiydilar.
O'qituvchi eshitmaydigan yoki yomon eshitadigan bola sinfga qabul qilinganda ularning psixofiziologik hamda nutq rivojlanishi xususiyatlarini bilishi talab etiladi.
Ko'rish qobiliyati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Ko'rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug'ullanadi (yunoncha «typhlos» - ko'r) - korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko'rish - ko'rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko'rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma'lumotlarni oladi. Bolaning ko'rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko'rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo'lib, ular nasliy kasalliklar, homila ona qornida rivojlanayotganda ko'rish organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og'ir kasalliklar bilan og'rishi va hokazo omillardan iborat bo'lishi mumkin.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə