12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1. Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
2. Tug'ilishi paytida yoki tug'ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti 1994-yilda aqli zaiflikning quyidagi to'rt darajasini e'tirof etgan:
Sezilmas (kam-). o'rtacha, og'ir va chuqur darajalar.
1. Kam darajadagi aqli zaiflik o'quvchilar maktabni bitirish davrida o'zlarining psixometrik va klinik namoyon bo'lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e'tirof etilsa ham, uni korreksiya qilib boimaydi degan ma'noni anglatmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda maxsus (korreksion) ta'lim muassasalarida metodik jihatdan to'g'ri yo'l tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko'rsatmoqda.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Aqli zaif bola bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning oldini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o'z vaqtida o'tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog'liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog'chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog'chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o'qitish maxsus bolalar bog'chasidagi kabi maxsus dastur bo'yicha olib boriladi. Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda o'qitiladilar, bu yerda o'qitish davlat ta'lim standard asosida maxsus dastur bo'yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o'rta ta'lim fanlari (ona tili, o'qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, jismoniy tarbiya, rasm, musiqa, chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlar ham o'qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat ta'limi muhim o'rin egallaydi. Mehnat ta'limi IV sinfdayoq professional xususiyatga cga bo'lib, bolalar o'zlari bajara oladigan kasbni o'zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo'lib, asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o'zlariga to'g'ri baho berishga o'rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktabiga jalb etilish holati ko'zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning taqdiri, uni o'qitish va tarbiyalash mas'uliyatini ota-onalaro'qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur.
Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o'qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga xalaqit qilmay sinf faoliyatida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tushunarsiz bo'lishiga yo'l qo'yish mumkin emas. Bu holat keyin o'quv materialining mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi.
Nutqida nuqson bo'lgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq faqatgina insonga xos bo'lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda toidirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o'rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos — so'z va paideia — tarbiyalash) shug'ullanadi. Patogen omil ta'sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o'z-o'zidan yo'qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o'ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fizioiogik, morfoiogik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta'siri), psixonevroiogik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta'siri sezilarli bo'ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta'sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (beltorligi, tug'ilishning cho'zilib ketishi yoki tez sodir bo'lishi, yo'ldoshga o'ralib qolishi, bolaning noto'g'ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko'rsatilmasligi, chala tug'ilish kabi holatlarsabab bo'ladi. Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:

  • tibbiy-psixologik nutqiy buzilish:

  • psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.




Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə