12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o'rnatish vositasi bo'lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma'lumotni to'plashga imkon beradi.
Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo'lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko'rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o'tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o'tkaziladi. Bolani o'yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o'rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o'yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o'tkaziladi.
Rasmlarini o'rganish metodi. Rasmlar bolani o'rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg'otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir.
Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma'lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o'rganilishi kerak bo'lgan psixik jarayonni qo'zg'atuvchi ma'lum vaziyatlarni yaratishni ko'zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko'rsatish mumkin boiadi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qoilaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o'tkazishda bola haqida zarur qo'shimcha ma'lumotlarni olishga imkon beradi.


3. Bola rivojlanishidagi nuqsonlarning turlari va ularni tashxislash tamoyillari va metodlari. Nutqi, eshitish qobiliyati buzilgan va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash va ularni o‘qitish.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko'rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. PROQni bolalar rivojlanishini ko'rsatuvchi anomaliya sifatida o'rganish XX asrning 50-yillarining oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to'rt variantini keltiradilar:

  • konstitutsional kelib chiqish;

  • somatogen kelib chiqish;

  • psixogen kelib chiqish;

  • serebral-organik kelib chiqish.

Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladilar. Ular maktabda o'qishga to'la tayyor emaslar, ularda maktabda o'qish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini o'zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o'qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o'rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko'pincha boshlari og'riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o'ziga xos. Maktabda ular o'zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o'qishga nisbatan qiziqish yo'q yoki juda past bo'lib, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi. O'yin ular uchun asosiy faoliyat bo'lib qoladi.
PROQli bolalarni ko'pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o'zaro farqlashda ayrim omillar qo'l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy bilimlarni o'zlashtirish, hisoblash ko'nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko'zga tashlanishi bilan birga she'r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha yuqori bo'ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko'pchilik hollarda PROQ o'quvchilar ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladilar. Ular bilan individual korreksion ishlar olib borilmaydi, shu bois ular amalda o'quv jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi korreksion-rivojlantiruvchi ta'limga muhtojlar. Ularga alohida e'tibor ko'rsatish talab etiladi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning xususiyatlari. O'zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o'qitishlari mumkin.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə