12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Tayanch-harakat apparati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə11/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Tayanch-harakat apparati buzilgan o'quvchilarni korreksion o'qitish.
Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o'qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'lishi mumkin.
Tayanch-harakat apparati patologivasi quyidagi turlarga ajratiladi:
- nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BTsP), poliomielit);
- tayanch-harakat apparatining tug'ma patologiyasi; sonning tug'ma chiqqanligi; bo'yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog'onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo'l yoki oyoqlaming rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo'li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug'ma mayiblik);
- orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo'1-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo'lgan bolalarda asosiy buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo'ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va logopedik korreksiyaga ham muhtoj boiadilar. Harakatlanish buzilishlari o'rtacha darajada boigan bolalar yurishni o'rganib olsalarda, biroq, shonch bilan yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko'chada mustaqil, qo'rqmay yura oladilar, o'zlariga to'la xizmat ko'rsatadilar.


Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati.
1. Aleks Muur. Ta'lim berish va ta'lim olish: pedagogika, ta'lim dasturi va tarbiya. -Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 202-bet.
2. Mavlanova R va boshqalar. Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya” nashriyoti. 461 b.
3. Hasanboev J. va boshqalar. Pedagogika. -T.:2011 y. Noshir nashriyoti
4. Pedagogika. M. Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. –T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati. 2010 y.
5. Jumaev A. S.Sharipova. Ijtimoiy pedagogika. T.: NAVRUZ, 2019 y. 196 bet
6. Umumiy pedagogika. 1- qism. O.Musurmanova va boshqalar tahriri ostida–T.: O‘zkitobsavdo nashriyoti. -2020 y. 400 bet.
7. Umumiy pedagogika. 2- qism. O.Musurmanova va boshqalar tahriri ostida–T.: 8. O‘zkitobsavdo nashriyoti. -2020 y. 247 bet.
8. O.Musurmanova Oila jamiyat tayanchi. .«Yoshlar nashriyot uyi» nashriyoti.-2019y. 252-bet.
9. O.Musurmanova. Pedagogik texnologiyalar – ta'lim samaradorligi omili. monografiya –T.: .«Yoshlar nashriyot uyi» nashriyoti.-2020y. 183 bet.
10. Ataeva N. va boshqalar. Umumiy pedagogika. – T.:Fan va texnologiya, 2015. – 799 b.
11. Avlaev O.U, Jo‘raeva S.N, Mirzaeva S.R Ta'lim metodlari. T.: NAVRUZ, 2017 y. 208 bet.
12. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qo‘llanma. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboeva, D.Inog‘omova. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU nashriyoti, 2012. – 193 bet.
Internet saytlari
1. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi kumat portali.
2. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
3. www.ziyonet.uz– O‘zbekiston Respublikasi ta'lim portali.
4. www.pedagog.uz - O‘zbekiston Respublikasi ta'lim portali.



1. Gеrmaniyada ta'lim tizimi uch bosqichdan iborat: 1-bosqich- boshlang’ich maktab, 2-bosqich - o’rta maktab, rеal maktab va gimnaziya, 3- bosqich - oliy o’kuv yurti.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə