12-ma’ruza: pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. (2 Soat) reja


Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv qaror topdi



Yüklə 132,61 Kb.
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü132,61 Kb.
#180997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
12-MA\'RUZA MATN (1)

Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv qaror topdi:
1.Tibbiy-klinik yondashuv aqli zaiflarning etimologiyasini bilish, intellektining buzilishiga sabab bo'lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik va genetik buzilishni o'rganish g'oyasini ilgari suradi.
2.Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o'rganishga yo'naltirilgan.
3.Pedagogik yondashuv intellekti buzilgan bolalarni o'qitish hamda tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etish yo'llarini o'rganish g'oyasiga tayanadi.
Rossiya korreksion pedagogikasi tarixi Yevropa defektologik fani bilan uzviy bog'liq. Petr I, Yekaterina II lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari, mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida anomal bolalarni o'qitish va tarbiyalashni yo'lga qo'yuvchi ko'plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq Sho'ro davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bogiiq muammolarni o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. 1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o'qitish va tarbiyalashga e'tiborni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu yili Rossiyada birinchi maxsus ta'lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasida korreksion pedagogika (defektologiya) -ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, ayni vaqtda u o'z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o'zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o'zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O'zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko'rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o'quv muassasalari (ko'zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda.
XX asrning 60-70-yiIlarida respublikada korreksion pedagogika bo'yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo'lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo'limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko'rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o'rganmoqdalar.
Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko'rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning soni ko'p bo'lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me'yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto'g'ri rivojlanishni anglatadi. Rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo'ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo'lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo'qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o'rnini to'ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o'qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi.
Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo'yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlarini ko'rsatadilar:
Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko'rish, nutqi qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funksiyasi buzilgan).
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo'lgan bolalar.
Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
Psixik kasallikning boshlang'ich ko'rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va boshqalar) namoyon bo'ladigan bolalar.
O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi:
1.Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo'lgan bolalar.
2. Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo'lgan bolalar.
3. Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo'lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi:
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar).
2. Nutqi buzilgan bolalar.
3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko'rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan)
4. Tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar.
5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo'lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat hisoblanadi.
Bolaga korreksion ta'sir ko'rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o'rnini toidirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta'sir ko'rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog'liq.
Anomal bolalarning ma'lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta'sirga muhtoj bo'lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash-sog'lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma'lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari va metodiari. Rivojlanishida kamchiliklar bo'lgan bolalar maxsus, korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo'lgan sonli va sifatli ko'rsatkichlarini aniqlash muhimdir. Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o'qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion-rlvojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar shug'ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o'z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o'z vaqtida yaratib berishdan iborat bo'lib, u bolani izchil va batafsil o'rganish, uning yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo'qotish yo'llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o'rganish tamoyili bolaga tashhis qo'yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo'yicha olingan ma'lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo'lsa, bola qayta tekshiruvdan o'tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko'zda tutadi. Unga ko'ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish uning o'quv, mehnat va o'yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o'rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o'qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o'qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta'limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo'lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qat'iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma'lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta'lim muassasasi o'zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi. Rivojlanishida mavjud bo'lgan chetlanishlar daraiasiga ko'ra differensatsiyalashtirilgan ta'limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko'ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o'qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o'qitish metodikasida seziiarii farqlar mavjud (masalan, ko'zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo'yicha), yomon ko'ruvchilar esa ko'rish asosida o'qitiladi).
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma'lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko'rsatish malakali mutaxassislar pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 132,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə