13. Mavzu: Strategik marketing: segmentatsiya, pozitsiyalash va maqsadli bozorni tanlash Reja



Yüklə 147,76 Kb.
səhifə10/19
tarix20.06.2022
ölçüsü147,76 Kb.
#89787
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
13-mavzu

Shaxsga oid omillar. Hayotning yetuklik davrida har bir individ ma’lum psixologik «o‘tishlar» yoki «transformatsiyalar»ni boshidan o‘tkazadi. Marketologlar inson hayot siklini jiddiy o‘zgartiradigan holatlarga ajralish, beva qolish, qayta nikoh kabilar va ularning iste’molchilar tabiatiga ta’siriga alohida e’tibor qaratadilar.
Mashg‘ulot turi va iqtisodiy ahvoli. Xaridorlarning tovar sotib olishlariga ularning mashg‘ulotlari turi katta ta’sir o‘tkazadi. Ishchi maxsus kiyim, oyoq kiyimi va ovqatini solish uchun konteyner sotib olishga majbur. Kompaniya prezidentining holati esa qimmatbaho kostyum, katta yaxta, avia uchishlar va shahardan tashqaridagi ustuvor klublarni taqozo etadi. Marketologlar aniq tovar va xizmatlarni sotib olishdan manfaatdorlarni kuzatib, ularning professional guruhlarini aniqlashga, kompaniyalar esa mos keluvchi mahsulot ishlab chiqarishni mo‘ljallashga urinadilar. Masalan, turli xil kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun maqsadli segment sifatida menejerlar, injenerlar, huquqshunoslar yoki shifokorlar guruhlari bo‘lishi mumkin.
Iste’molchilarning tovar tanlashiga individning iqtisodiy ahvoli juda katta ta’sir ko‘rsatadi:
Oladigan daromadi (darajasi, barqarorligi, kelib tushish chastotasi), omonatining miqdori, qarz majburiyatlari, kredit qobiliyati, shuningdek, mablag‘ yig‘ish va uni sarflashga munosabati shular jumlasidandir. Talab xaridorlarining daromadlariga bog‘liq bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar aholining shaxsiy daromadlari o‘zgarishi, jamg‘armalari me’yori va foiz stavkalari kabi tendensiyalarni doimo kuzatib boradilar. Agar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aholi daromadlari qisqargani haqida guvohlik bersa, yetkazib beruvchi kompaniya mahsulot xarakterini uning narxi, namoyish etilishi kabilarini o‘zgartirishi mumkin, bunda tovar iste’molchi uchun avvalgidek qiymatga egaligini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
8.1-jadval Hayot tarzining inson faoliyati jihatlariga ta’siri





Yüklə 147,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə