2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
5894176c8f652

«KIM MERGAN?» O‘YINI
O‘yinchilar 6–8 qatorli qatorlarga saflanadilar. Qatorlar-
dan 2 m naridagi kursilarga voleybol to‘plari qo‘yilgan
bo‘ladi. Qatorlarda birinchi turgan o‘yinchilarda kichik
to‘plar bo‘ladi. O‘qituvchi signal berishi («Qani, boshla»,
«O‘t ochilsin») bilan qatorlarning boshida turgan o‘yinchilar
katta to‘pni urib tushirish uchun o‘z to‘plarni unga qarab
otadilar va o‘z to‘plarini keyingi o‘yinchiga beradilar va
o‘zlari qatorning oxiriga borib turadilar. Katta to‘pni urib
tushirgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi. So‘ngra ikkinchi, keyin
uchinchi va hokazo o‘yinchilar to‘p otishni davom ettiradilar.
«YOMG‘IR» O‘YINI
Maydonga yoki zalning qarama-qarshi tomoni orasida
12–15 m masofa qoldirilib, bir tomonda «uy», ikkinchi
tomonda «maktab» chiziq bilan ajratiladi. «Uy» bilan
«maktab» oralig‘i «ko‘cha» bo‘ladi. O‘yinboshi – «yomg‘ir»
ko‘chada sayr qilib yuribdi. Qolgan barcha o‘yinchilar «uy»
chizig‘ining ichida turadilar.
O‘yinboshi – «yomg‘ir» o‘yinchilardan: «Yomg‘irlardan
qo‘rqmaysizlarmi?» – deb so‘raydi. Hamma o‘yinchilar
baravariga: «Yo‘q, qo‘rqmaymiz», deb javob beradilar-da
«uy»dan «maktab»ga yuguradilar. O‘yinboshi yugurib ketayot-
ganlarni quvlaydi, hamma o‘yinchilar «maktabga» borgan-
laridan keyin «yomg‘ir» yana bolalarga murojaat qiladi. Ular
yana javob berib, o‘z «uy»lariga yugurib o‘tadilar. 6–8 kishi
ushlangandan keyin o‘yin tamom bo‘ladi, so‘ngra qo‘lga
tushmaganlar orasidan yangi o‘yinboshi saylanadi.
«ÒO‘PLAR POYGASI» O‘YINI
Hamma o‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Doirada
bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki o‘yinchiga voleybol to‘pi
beriladi. O‘qituvchi signal bergach, to‘p ushlab turgan
o‘yinchilar to‘pni o‘z yonlaridagi o‘quvchiga uzatadilar. U
to‘pni olib o‘z navbatida yonidagi o‘quvchiga uzatadi va
hokazo. Agar o‘yinchilar ko‘p bo‘lsa, ular ikki doiraga


165
bo‘linadi. Bunda har qaysi doiradagi o‘yinchilar o‘zlari
mustaqil o‘ynashlari mumkin.
«QOPQON» O‘YINI
O‘yinchilar oralarida ikki qadam qoldirib doira hosil qilib
turadilar. Har qaysi 6 yoki 8-o‘yinchi (o‘yinchilarning
soniga qarab) o‘zining o‘ng tomonidagi o‘rtog‘ining qo‘lini
ushlab birgalikda yuqoriga ko‘tarib, darvoza – «qopqon»
hosil qiladilar.
O‘qituvchining signalidan keyin o‘yinchilar o‘ng tomonga
burilib, doira bo‘ylab turadilar va yo‘llaridagi hamma «qop-
qon»lardan yugurib o‘tadilar. Ikkinchi signal berilishi bilan
«qopqon»lar bekiladi (qo‘l ushlashib turgan juftlar qo‘llarini
pastga tushiradilar), tutilgan o‘yinchilar («qopqon» ichida
qolganlar) doira o‘rtasiga chiqadilar. Ulardan yangi juftlar
tashkil qilinadi, yangi juftlar ham qo‘l ushlashib, doiraning
har xil joylarida turadilar. O‘yin 5–6-o‘yinchi qolguncha
davom etadi. Mana shu qolganlar o‘yinda g‘olib chiqadilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə