2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
5894176c8f652

«QUVLASHMACHOQ» O‘YINI
Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta
onaboshi – quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o‘yinchilar uning
atrofida doira hosil qilib turadilar. Quvlovchi: «Bir, ikki,
uch!» deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar
va xavf tug‘ilgan paytda o‘tirib olishlari mumkin, o‘tirib
olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola
onaboshi bo‘ladi. O‘yinni istagancha vaqt o‘ynash mumkin.
Bu o‘yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham
o‘ynash mumkin. Bu ham yuqorida ta’riflangandek o‘ynaladi.
Faqat farqi – bir oyoqda sakragan bola bunda tutilmaydi.
«QO‘L USHLASHIB QUVLASHMACHOQ» O‘YINI
O‘yin uchun maydonning hamma tomoni chiziq bilan
chegaralanadi va u maydonning o‘rtasida turadi. Hamma
o‘yinchilar uning atrofida turadilar.


167
O‘yinboshi baland ovoz bilan: «Men quvlovchi», deydi.
O‘yinchilarning hammasi maydon bo‘ylab tarqalib yuradi.
Quvlovchi bir o‘ynovchini tutib olmoqchi bo‘ladi. Xavf
tug‘ilgan paytda (quvlovchi unga yetib qolsa) u «qo‘lingni
ber», deb o‘rtog‘ini yordamga chaqirishi mumkin. Qo‘l
ushlashib olganlar tutilmaydi. Agar qo‘l ushlashib olishidan
oldin tutib olsa, onaboshi o‘z rolini shu tutilgan bola bilan
almashadi. Agar o‘yinboshi ancha vaqtgacha hech kimni
tuta olmasa, charchab qolmasligi uchun boshqa onaboshi
tayinlanadi.
«KO‘ZBOYLOG‘ICH» O‘YINI
O‘yinchilar doira qurib o‘tiradilar. Ulardan biri onaboshi
qilib tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi.
Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar, onaboshi esa doira
atrofida aylanib yurib, sekingina bir bolaning orqasida
to‘xtaydi. Onaboshining yurishiga bolalar quloq solib
o‘tiradilar. Orqasiga onaboshi kelib to‘xtaganini payqagan
o‘quvchi qo‘lini ko‘tarishi va buni o‘qituvchiga aytishi kerak.
Agar bola to‘g‘ri topsa onaboshi o‘rin almashadi. Agar
topolmasa, o‘yin davom ettiriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə