2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
5894176c8f652

«XURMACHA BOG‘I» O‘YINI
O‘yin maydoncha yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar qo‘l
ushlashib, bir-birlariga qarab ikki doiraga bo‘linib, ikki qator
bo‘lib turadilar. Har bir doirada 12–13 o‘quvchi bo‘ladi.
Bolalar doira bo‘lib, qarama-qarshi tomonga qarab
aylanib turadilar va quyidagi so‘zlarni qo‘shiq qilib aytadilar.
Xurmacha bog‘i,
Òo‘kilsa yog‘i.
Òo‘kilsa mayli
Xolamning iti bor,
Qulog‘ida xoli bor,
Xoli, xoli, xash-tu-tu.
O‘yinchilar oxirgi so‘zni aytib bo‘lishlari bilan o‘tirib
olishlari kerak. Kim keyin qolsa (keyin o‘tirsa), ichkaridagi


168
doira o‘rtasiga tushib, birorta topshiriqni bajaradi: ashula
aytadi, o‘ynab beradi yoki biron-bir she’r aytib beradi.
Yutqazgan bola topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyingina
o‘yin davom ettiriladi. Agar o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa,
bir necha doira hosil qilib o‘ynash mumkin.
«
QUÒQAR» O‘YINI
Maydonchaning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq
tortiladi. Hamma o‘yinchilar maydonchaning bir tomonidagi
chiziq orqasida turadilar. Maydonchaning ikki yon tomoniga
– markaz to‘g‘risiga kichik doirachalar chiziladi. Har bir
doirada ikkitadan tutuvchi o‘yinchi turadi. O‘qituvchi: «Bir,
ikki, uch, yugurib!» – deyishi bilan hamma o‘yinchilar
yugurib, qarama-qarshi tomondagi chiziq orqasiga o‘tib ola-
dilar. Òutuvchilar doiradan chiqib, yugurib o‘tayotganlarga
qo‘l tekkizishga harakat qiladi. Òutuvchining qo‘li tekkan
bola, u bilan doiraga borib turadi. Qaytib avvalgi joyiga
yugurish vaqtida o‘yinchilarni tutilgan o‘rtoqlarini qutqa-
rishga (qo‘l tekkizishga) va tezda yugurib o‘tirishga intiladilar.
Ikki, uch, to‘rt marta u yoqdan-bu yoqqa yugurib o‘tilgandan
keyin o‘yin yakunlanadi: tutuvchilarning qaysi biri ko‘proq
o‘yinchini tutgani, kim o‘rtog‘ini qutqargani, kim biror marta
qo‘lga tushmagani aniqlanadi. So‘ng boshqa tutuvchilar
tayinlanib, o‘yin davom ettiriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə