2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
5894176c8f652

«QADAMA TAYOQ» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. O‘yinda merganlik, chaqqonlik,
mo‘ljalga olish, aniqlik bilan harakat qilish xislatlari
tarbiyalanadi. Har bir o‘yinchida tayoq bo‘lishi kerak. Òayoq
uzunligi o‘quvchining yoshiga qarab belgilanadi. Uning
diametri 3–5 sm, uzunligi 80 dan 110–120 sm gacha bo‘lishi
mumkin.
O‘yin tavsifi
. O‘yinni boshlash uchun o‘yinboshi hamma
tayoqlarni yig‘ib oladi va boshdan oshirib orqasiga tashlaydi.
Kimning tayog‘i eng yuqorida (tayoqning ustida) bo‘lsa,
shu tayoq egasi boshlovchi, eng tagidagi tayoq egasi esa
8–10 m masofaga borib tayog‘ini yerga qadaydi. Òayoqlar


169
tashlanganidan so‘ng boshlovchi aniqlanadi. Qolganlar ham
kelishilgani kabi tayog‘ini yerga qadaydilar. O‘yinboshining
ko‘rsatmasi bilan boshlovchi belgilangan joyda turib tayoqni
mo‘ljalga oladi va uni urib yiqitishga harakat qiladi. Agar
yiqita olsa, navbatdagi o‘yinchi urinib ko‘radi. O‘yin tayoq
yerga ag‘anaguncha davom etadi. Kim tayoqni urib yiqitsa
g‘olib hisoblanadi.
O‘yin qoidalari
. 1. Òayoq yerga qadalishi lozim. 2. O‘yin
o‘yinboshining doimiy va qat’iy nazorati ostida bo‘lishi
kerak. 3. Òayoq uloqtirishda xavfsizlik choralari ta’minla-
nishi, ya’ni qolgan o‘yinchilar uloqtiruvchidan 4–5 m
uzoqlikda bo‘lishi kerak. 4. Faqat o‘yinboshining ko‘rsatmasi
bilan tayoqni uloqtirish va yig‘ib kelish mumkin. Qadalgan
tayoq egasi tayog‘idan 5–6 sm narida uloqtiruvchi harakat-
larini kuzatib turishi shart.
Pedagogik ahamiyati
. O‘yinda merganlik, mo‘ljalga olish,
aniq harakat qilish malakalari tarbiyalanadi. O‘yinda sez-
girlik, tezkorlik, chaqqonlik sifatlari rivojlantiriladi. O‘yin-
ning o‘ziga xos harakati aniq nishonga olish.
«URIB QOCHDI» O‘YINI

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə