2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124
5894176c8f652

O‘yin qoidalari. 
1. Har bir harakat muayyan ketma-
ketlikda bajariladi. 2. O‘yinni dam olib yoki ilib olib bajarish
man etiladi. 3. Yutqazgan o‘yinchilar she’r yoki ashula aytib
berishlari, raqsga tushishlari nazarda tutiladi.
Pedagogik ahamiyati
. O‘yin bolalarda sakrovchanlik,
chaqqonlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni rivojlan-
tirishiga yordam beradi.
«KAPÒAR» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. Bu o‘yin bolalarning tezkorlik bilan
harakatlanishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar ikki gu-
ruhga bo‘linadi va har bir guruhga o‘yinboshi belgilanadi.
Qur’aga binoan qaysi guruh o‘yinboshisi «Kaptar» bo‘lishi
aniqlanadi.
O‘yin tavsifi
. Chek tushgan o‘yinboshi barmoqlarini
musht qilib «kaptar»ni yashirgan bo‘ladi. Uning guruhida
o‘yinchilar «kaptar»ga yaqin joylashib, jim turadilar. Boshqa
guruh o‘yinchilari esa «kaptar»li o‘yinchini ushlashlari kerak.
«Kaptar»li o‘yinchi raqib yaqinlashganini bilsa, yo‘ldosh-
laridan biriga «kaptar» deb ko‘rsatadi va ovoz chiqarib «kap-
tar»ni uzatadi. Navbatdagi o‘yinchi «kaptar» bo‘lib qochadi.
Quvlayotganlar endi bu «kaptar»ni quvib ketadilar. O‘yin
«kaptar» qo‘lga tushguncha davom etadi.
O‘yin qoidalari
. 1. Bir guruh «kaptar»ni bog‘lasa, guruhlar
joylashadilar, ya’ni «kaptar» boshqa guruh o‘yinchilariga
beriladi. 2. O‘yinchi «kaptar»ni faqat yaqin masofadan
ushlashi yoki bog‘lashi mumkin. 3. Uyinda chaqqon harakat
qilgan guruh g‘olib bo‘ladi.
Pedagogik ahamiyati
. O‘yin bolalarda yengil harakat qilish
malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin sezgirlik,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga
yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati chaqqon
yugurishdir.
«MOKISIMON» YUGURISH
O‘yinga tayyorgarlik
. O‘quvchilar teng ikki jamoaga
bo‘linib, bir-birlariga yuzma-yuz 10–30 sm masofada bir
kishilik qatorda saf tortib turadilar (bu estafeta qat-


173
nashchilari yoshiga va maydonchaning katta-kichikligiga
bog‘liq). Jamoa oldidagi o‘yinchilar qo‘lida estafeta tayoq-
chasi bo‘ladi.
O‘yin tavsifi
. O‘qituvchi signalidan keyin birinchi ra-
qamli o‘yinchilar qarama-qarshi tomonga yuguradi, ikkinchi
guruhni aylanib o‘tib, estafeta tayoqchasini o‘z qatorlaridagi
birinchi o‘yinchiga uzatadilar va qator oxirigacha borib
turadilar. Shuning o‘zini ikkinchi o‘yinchi ham takrorlaydi
va h.k. Oxirgi o‘yinchi esa qarama-qarshi jamoa qatorini
aylanib o‘tib, uning oldiga borib turadi va estafeta tayoq-
chasini yuqoriga ko‘taradi. Shularning birinchisi bo‘lgan
jamoa g‘olib hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə