2016 Xarakatli 1p65. p65


«KON USÒIDAN SAKRASH BILAN



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124
5894176c8f652

«KON USÒIDAN SAKRASH BILAN
QUVLASHMACHOQ» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. Gimnastlar ikkiga bo‘linib, konning
o‘ng va chap tomonidagi skameykadan joy oladilar.
O‘yin tavsifi
. Har bir jamoadan konga bittadan gimnast
kelib biri o‘ng va ikkinchisi chap tomonida turadi (konning
qarama-qarshi uchlarida yuzma-yuz joy egallaydilar).
O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar raqibini ta’qib
qilib, kon ustidan oyoqlarini bukib sakraydilar. Raqiblardan
biri boshqasini tutmaguncha, sakrashni bajaradi. So‘ngra
mashqni ikkinchi juftlik o‘yinchilari bajaradilar. Ko‘p ochko


176
to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi. G‘oliblar o‘rtasida
final uchrashuvini tashkil etishi mumkin.
Kon ustidan sakrash talab etilgan estafeta gimnastlar
uchun juda foydali. Hisob bo‘yicha birinchi raqamli o‘yinchi
10 m masofada jamoasi oldida (chizilgan aylana ichida)
oyoqlarini oldinga qo‘yib, unga qo‘llari bilan tayanib, boshini
pastga qaratgan holda turadilar.
O‘qituvchi signali bo‘yicha, uning ustidan jamoaning
ikkinchi o‘yinchisi sakraydi (qo‘llari belda, oyoqlarini yonga
kerib) va doiradan joy egallaydi. Bunda birinchi raqamli
o‘yinchi o‘z qatori oxirigacha yugurib boradi. O‘yin estafeta
qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi, ya’ni har bir o‘yinchi navbati
bilan tayanib sakrab, so‘ngra «jonli jihoz rolini bajaradi.
«GIMNASÒIKA MARAFON» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. Gimnastika asbob-anjomlari
ma’lum tartibda kerakli joyga qo‘yib chiqiladi, to‘shak va
akrabatik yo‘lakchalar to‘shaladi. O‘yinda ikki jamoa
o‘yinchilari qatnashadilar.
O‘yin tavsifi
. O‘qituvchi signali bo‘yicha birinchi jamoa,
oldindan bir-biriga bog‘liq topshiriqlarini bajarib, barcha
to‘siqlardan oshib o‘tishi shart.
Shunday topshiriqlarning taxminiy ro‘yxati:
1) Bruslarga sakrab chiqish va qo‘llarda tayanib yurib
(yoki osilib turgan holda) bruslarning qarama-qarshi tomo-
niga o‘tish;
2) Yo‘lakchada yon tomonga aylanish;
3) Kon ostidan emaklab o‘tish;
4) Yakka cho‘p bo‘ylab yugurish;
5) Òurnikda tortilib aylanib tayanib turish;
6) Kozel ustidan oyoqni yonga kerib sakrash;
7) Gimnastik devorga chiqish va to‘shak ustiga sakrab
tushish;
8) Òo‘shak ustida ikki marta oldinga umbaloq oshib
finishga yetib borish.
Har bir keyingi o‘yinchi, ulardan oldingi o‘yinchi, ikkin-
chi jihozdan o‘tgandan keyin, birinchi jihozga yugurib bora-
dilar. Jamoalar navbat bilan musobaqalashadilar. Birinchi


177
o‘yinchi startdan chiqib, to oxirgi o‘yinchi finishga yetib
kelgungacha o‘tgan vaqt hisobga olinadi.
O‘yin qoidasi
. 1. Mashqni bajarishda qo‘yilgan har bir
xato uchun ikki soniyaga jarima vaqt qo‘shib beriladi.
2. Mag‘lub jamoa jihozlarni yig‘ishtiradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə