2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
5894176c8f652

«ÒO‘P HAVODA» O‘YINI
O‘yinchilarning hammasi qo‘llarini yon tomonga ochib
doira hosil qilib turadilar, onaboshi esa doira o‘rtasida
turadi. O‘qituvchining signalidan keyin doirada turgan
o‘yinchilar to‘pni yuqoridan, pastdan tekkizmasdan bir-
birlariga uzata boshlaydilar. Onaboshi doira o‘rtasida yugurib
to‘pni yuqoridan uzatilganda o‘ngga sakrab qo‘l tekkizishi,
pastdan uzatilganda ushlab qolishi va o‘yinchi to‘pni qo‘lida
ushlab turgan paytda unga qo‘l tekkizishga harakat qilishi
kerak bo‘ladi. Onaboshi to‘pga qo‘lini tekkiza olsa, unda
onaboshi to‘p ushlab turgan yoki uzatayotgan o‘yinchi bilan
o‘rin almashadi. O‘yin shu zaylda davom ettiriladi.


186
«KEGLINI OLISHGA ULGUR» O‘YINI
O‘yinchilar bir-birlariga qaragan holda ikki safga saflanib
turadilar. Ular orasidagi masofa 10 m. Har bir safning
o‘yinchilari tartib bilan sanaydilar. Ikki safning o‘rtasiga kegli
(bir xil masofada) qo‘yiladi. O‘qituvchi xohlagan sonlarini
chaqiradi. Shu sondagi o‘yinchilar safdan yugurib chiqib,
o‘rtadagi «kegli»ni birinchi bo‘lib olishi kerak. Keglini olgan
o‘yinchi uning o‘rniga turishi kerak. Ikkinchi safdagi o‘yinchi
uni petna qilishi kerak. Marraga yetib kelguncha petna
qilinmasa, unda birinchi «saf» o‘yinchisiga 2 ochko, penta
qilsa, 1 ochko keltiradi. So‘ng o‘qituvchi keyingi sonni
chaqiradi va hokazo. Qaysi jamoa ko‘p ochko to‘plagan
bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi.
«ÒO‘PNI URIB ÒUSHIR» O‘YINI
O‘yinchilar bir-birlariga qarab 10–15 m masofada ikki
qatorli safda saf tortib turadilar. Ikkala jamoa ham tartib
bilan sanaydi. Har ikkala jamoada o‘yinchilarning oyoqlari
uchi oldidan to‘g‘ri chiziq tortilgan bo‘ladi. Har bir
jamoaning o‘rtasida bir xil masofada stul va uning ustiga
to‘p qo‘yilgan bo‘ladi. O‘qituvchining signalidan keyin o‘sha
sonli o‘yinchilar qarama-qarshi tomonidagi safga yugurib
borib, chizilgan chiziqni bosib, orqasiga qaytib stuldagi
to‘pni urib tushirish kerak. Òo‘pni urib tushirgan jamoa
o‘yinchisiga bir ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa
g‘olib hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə