2016 Xarakatli 1p65. p65


«KARNAYMI, SURNAY?» O‘YINI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
5894176c8f652

«KARNAYMI, SURNAY?» O‘YINI
O‘yin maydonchada yoki zalda o‘tkaziladi. O‘yinchilar
qo‘l ushlashib bir qatorga saflanib turadilar. O‘yinchilardan
bitta sotuvchi va bitta xaridor saylanadi. Onaboshi safning
boshida turadi. Xaridor sotuvchining oldiga kelib: «Mana
shu oting uchun nima istaysan: karnaymi, surnay?» – deb


183
so‘raydi. Sotuvchi: «Bu otim uchun karnay», deydi. Shu
so‘zlar aytib bo‘linganidan keyin o‘yinchilar doira bo‘ylab
yura boshlaydilar. Safning boshi va oxirida turgan o‘yinchilar
qo‘llarini zanjir qilib turishadi. Qolgan o‘yinchilar ularning
qo‘li tagidan o‘ta boshlaydilar. Yurib turib karnay, surnay
yoki do‘mbira ovoziga, ya’ni qaysi cholg‘u asbobining nomi
aytilgan bo‘lsa, shu asbobning ovoziga taqlid qiladilar.
Òanlangan o‘yinchi boshqa tomonga qarab turadi, uni
xaridor «uy»iga (maxsus belgilangan joyga) olib ketadi, qaytib
kelgandan so‘ng o‘yin yana davom ettiriladi.
Uyga olib borib qo‘yilgan o‘yinchilar ma’lum topshiriqni
bajarishlari, masalan, tez aytishni o‘rganib turishlari, topish-
moq, rebus topishlari va o‘yinchilar oldiga qaytish uchun
harakat qilishlari kerak. Lekin qaytishda ular bir qator
to‘siqlarni yengishlari lozim, masalan, shartli qilib belgilab
qo‘yilgan ariqdan, ko‘prikdan o‘tishlari, to‘pni nishonga
irg‘itishlari lozim. Òo‘siqlardan o‘ta olmagan o‘yinchi «uy»da
qoladi.
Hamma o‘yinchilar qaytib kelganlaridan so‘ng katta
bayram bo‘ladi. Bolalar qo‘shiq aytadilar, raqsga tu-
shadilar. Birdaniga ikkita cholg‘u asbobining nomini aytish
mumkin.
«KONVERÒNI ÒOP» O‘YINI
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin o‘qituvchi maydonning
(zal) ma’lum yeriga (masalan, gimnastik narvoncha, xodacha
va shu kabilar balandroqlarga) konvert qo‘yib qo‘yadi.
Konvert ichida, shu konvertni topgan kishiga qarata
quyidagi so‘zlar yozilgan bo‘ladi: «Diqqat! Bittadan bo‘lib
qatorga saflaning!» – degan komandani ber, so‘ng o‘zing
o‘qituvchining orqasiga borib tur».
O‘qituvchi maydonchaga chiqqan o‘quvchilarga
maydonchaning bir chekkasida ular uchun konvert
qo‘yilganini, uni topish kerakligini aytadi. Konvertni top-
gan o‘quvchi: «Konvert topildi!» – deb ma’lum qilishi
va uni ochib, ichida yozilgan buyruqni bajarishi kerak.
Qolgan o‘yinchilar ham konvertning topilganini eshitgach,
qimirlamasdan jamoani kutib turishlari kerak.


184
So‘ng hammalari komandani tovush chiqarmay, tez va
aniq bajaradilar. O‘yinni takrorlash, kolonna, doira hosil
qilishni o‘rgatish lozim.
«ÒAKLIF» O‘YINI
O‘yinchilar doira hosil qilib turadilar. Onaboshi
doiraning o‘rtasida turadi. Onaboshi doira ichida musiqa
ohangiga qarab yuradi yoki o‘ynaydi va doira bo‘lib turgan
o‘yinchilardan birining oldiga borib to‘xtab, turli harakatlar
qiladi. Undan boshqa bir o‘yinchining oldiga borib, shu
xilda harakatlar qiladi. Òaklif qilingan ikkita o‘yinchi uning
ketidan ergashib yuradi. Òo‘satdan o‘qituvchining signali
eshitiladi.
Òaklif qilinganlar doira o‘rtasidan chiqib, doiraning
o‘zlari istagan joyiga borib turadilar. Òaklif qilinganlarning
qay biri orqada qolsa, o‘sha onaboshi bo‘ladi. O‘yin bosh-
lashdan avval o‘qituvchining o‘zi onaboshi bo‘ladi, so‘ngra
o‘quvchilardan saylaydi. Agar o‘yinchilar soni ko‘p bo‘lsa,
bir necha onaboshi saylanib, ular bir yo‘la bir necha
o‘yinchini taklif qilishi mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə