2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124
5894176c8f652

«MENI QUÒQAR» O‘YINI
Ikki o‘yinchidan boshqa hamma o‘yinchilar doira hosil
qilib turadilar. Ana shu ikki o‘yinchining har biri o‘zi turgan
joyga doira chizib oladi. Òo‘rt o‘yinchi esa doiradan tashqari
turadi. Ulardan ikkitasining qo‘lida lenta bo‘ladi. Lenta
ushlagan ana shu o‘yinchilar doira bo‘ylab yuguradilar.
Qolgan ikki o‘yinchi ularni quvlaydi. Qochib ketayotgan
o‘yinchilar doirada turganlardan birining oldiga kelib, uning
qo‘liga lentani tutqazsa, quvlovchidan qutulgan bo‘ladi.
Uning orqasida turgan o‘yinchi esa yugurib qochib ketishi
lozim. Agar unga yetib olinsa, u lentani quvlovchiga beradi
va ular o‘rin almashadilar. Avvalo bir quvlovchi va bir
yuguruvchi bilan o‘yinni boshlash mumkin. O‘yin takrorlan-
ganda o‘yin qoidasiga muvofiq ikki juft o‘yinchi tayinlanadi.
O‘yin takrorlanganda o‘quvchilarda atrof-tevarakni, uzoq-
yaqinni chamalay bilish malakasini o‘stirish maqsadida ularni


185
doira bo‘ylab joylamasdan, balki maydonchaning turli
yerlariga joylash zarur bo‘ladi.
«ÒO‘PNI ILIB OL VA ÒEKKIZ» O‘YINI
O‘yinchilar (15–20 kishi) qo‘lni yon tomonga uzatgan
holda doira bo‘lib turadilar. O‘yinchilardan bittasi voleybol
to‘pini olib, o‘rtoqlariga oshiradi, ular boshqalarga oshiradi,
to‘pni oshirish paytida ushlab ololmagan yoki noto‘g‘ri urib
qaytargan o‘yinchi onaboshi bo‘ladi. Hamma o‘yinchilar
maydon bo‘ylab yugurib yuradi.
O‘yinboshi to‘pni tezda yuqoriga ko‘tarib: «Òo‘xta!» –
deb baqiradi. Hamma o‘yinchilar «Òo‘xta!» komandasini
eshitgandan keyin to‘xtab turgan joyidan qo‘zg‘almasdan
turishi kerak. Onaboshi to‘pni turgan joyidan biror o‘yinchini
mo‘ljalga olib, unga otadi. Mo‘ljalga olingan o‘yinchi joyidan
qo‘zg‘almasligi, chap va o‘ng tomonga egilmasligi hamda
o‘tirib olishi mumkin emas.
Agar o‘yinboshi biror o‘yinchiga to‘pni tekkizsa, u g‘olib
hisoblanadi. Hamma o‘yinchi joyiga qaytib turadi, o‘yin
shu zaylda davom etadi. Agar onaboshi to‘pni o‘yinchiga
tekkiza olmasa, o‘yinchilarning hammasi yugurib ketadi.
O‘yinboshi to‘pni tutib olib, o‘yinchilardan birortasiga:
«Òo‘xta!» – deb unga otadi. Òo‘p tekkan onaboshi bo‘ladi.
O‘yin yana boshqatdan boshlanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə