2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
5894176c8f652

«OVCHILAR» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar maydon bo‘ylab yugurib
yuradilar. Uchta ovchi qo‘llarida tennis to‘pi ushlab, har
xil joyda turadilar.
O‘yin tavsifi. 
O‘qituvchining signalidan keyin o‘yinchilar
— «o‘rdaklar» joyida to‘xtaydilar, «ovchilar» esa turgan
joyidan ularni to‘p bilan mo‘ljalga oladilar. O‘yinchilar
joyidan qo‘zg‘olmay to‘pga chap beradilar. Ko‘p «o‘rdak»
urib olgan ovchilar g‘olib chiqadi.
 «NINA, IP VA ÒUGUNCHA» O‘YINI
O‘yinchilarning hammasi ikki doiraga bo‘linib, qo‘l
ushlashib turishadi. Har bir doirada uchtadan onaboshi
saylanadi. Ular doiradan tashqarida turadilar, ularning biri
«nina», ikkinchisi «ip», uchinchisi «tuguncha» bo‘ladi.
Doira hosil qilib turgan bolalar qo‘l ushlashib, «bir-ikki-
uch», deb sanab chap-o‘ng tomonga qadam tashlab yura-


182
dilar. «Nina» har tomonda: goh doira ichida, goh doira
tashqarisida yugurib yuradi. «Ip» bilan «tuguncha» ninaning
ketidan ketma-ket ergashib yurishadi. Agar «ip» chigalib
qolsa (boshqa tomonga ketib qolsa) yoki uni «tuguncha»
ushlab olsa, o‘yin qaytadan boshlanadi va yangi «nina», «ip»
va «tuguncha» saylanadi.
Eng epchil va ziyrak o‘quvchilar «nina» qilib saylanadi.
Agar «nina», «ip» va «tuguncha» hech bir xato qilmay,
uzoq vaqt yuraversa, boshqa o‘yinchilarni ham o‘yinda faol
qatnashtirish maqsadida ularni almashtirish kerak bo‘ladi.
«CHARXPALAK» O‘YINI
O‘yinchilar doira hosil qilib turib,
Sekin-sekin aylanadi charxpalak,
Bora-bora tezlashadi charxpalak,
Aylanaru, aylanaru aylanar.
Sekinlashib to‘xtay boshlar charxpalak.
Bir-ikki, bir-ikki, moki o‘yin ham tugar.
deb she’rni deklamatsiya qiladilar.
Doira hosil qilib turgan bolalar o‘ng (chap) tomonga
qarab, avval sekin-sekin, so‘ng esa: «Bora-bora tezlashadi
charxpalak» so‘zlarini aytib, tezroq yura boshlaydilar, so‘ngra
«Aylanar-u, aylanar-u aylanar» so‘zlarini ikki marta takrorlab
yugura boshlaydilar. «Sekinlashib to‘xtay boshlar charxpalak»
so‘zlarini aytib esa, qadamlarini sekinlatib borib to‘xtaydilar.
Òo‘xtaganlaridan so‘ng doira ichiga qarab: «Bir-ikki, bir-
ikki, mana o‘yin ham tugar» so‘zlarini aytib turib, unga
monand chapak chaladilar. Bu tugagach qo‘llarini tushirib
qimirlamasdan turadilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə