2016 Xarakatli 1p65. p65


«ARG‘AMCHI BILAN YUGURISH» O‘YINI



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
5894176c8f652

«ARG‘AMCHI BILAN YUGURISH» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar teng ikki jamoaga
bo‘linib, ikkita bir qatorli qatorga saf tortadilar. Qatorlar
oldidan start chizig‘i o‘tkaziladi. Start chizig‘idan 30–40 m
uzunlikda ikkita yo‘lakcha chizib, har bir metr masofadan
keyin chiziq chiziladi.
O‘yin tavsifi. 
Rahbarning signalidan keyin qatorda
turgan birinchi o‘yinchilar arg‘amchini oldinga aylantirib
sakrab boradilar (arqon bilan finishga bexato yetib borgan
o‘yinchilarga 10 ochko beriladi). Arg‘amchi bilan orqaga
yugurib borib qo‘lini ikkinchi o‘yinchining qo‘liga
tekkizgandan keyin, bu o‘yinchilar qatorning oxiriga
borib turadilar. Ikkinchi o‘yinchi yugurishni davom
ettiradi va hokazo. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib
chiqadi.


181
«QUSHLAR VA QAFAS» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib,
ikkita doiraga saflanib turadilar. Òashqaridagi katta aylanada
«qushlar» turadi, ichki kichik aylana «qafas» rolini o‘taydi.
Kichik aylana – «qafaslari» chap tomonga, katta aylana –
«qushlar» o‘ng tomonga harakat qilib, yura boshlaydilar.
O‘yin tavsifi. 
O‘qituvchining signalidan keyin kichik
aylanadagi «qafaslar» to‘xtab, hamma o‘yinchilar qo‘l ushla-
shib yuqoriga ko‘tariladilar. «Qushlar» esa ular qo‘llarining
tagidan doira ichiga kirib, qaytib chiqib yuradilar. O‘qituv-
chining ikkinchi signalidan keyin qafaslar yopiladi, ya’ni
kichik aylanadagi o‘yinchilar o‘tirib, qo‘llarini pastga tu-
shiradilar. Qafas ichida qolgan yoki tutilgan «qushlar» kichik
doirada turib, qolgan o‘yinchilarni tutishga yordam beradilar.
O‘yin hamma «qushlarni» tutib bo‘lmaguncha davom etadi.
Shundan keyin o‘yinchilar o‘rin almashadilar. O‘yinni
yaxshi o‘zlashtirib olgandan keyin buni musobaqa tarzida
ham o‘tkazish mumkin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə