2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
5894176c8f652

«ARQONNI ÒORÒ» O‘YINI
Arqoncha uchiga qum solingan xaltacha boylab qo‘yiladi.
Arqonchaning uch tomonida bir-birlariga orqalarini o‘girib
ikki o‘yinchi turadi. Har bir o‘yinchining oldida 5–6 qadam
narida bayroqchalar qo‘yilgan. O‘qituvchi yoki tarbiyachining
signalidan keyin o‘yinchilar o‘z bayroqchalariga yugurishadi
va qaytib kelib arqonchaning uchidan ushlab o‘z tomoniga
tortadilar. Arqonchaning birinchi bo‘lib o‘z tomoniga tortgan


188
o‘yinchilar g‘olib hisoblanadi. Musobaqa uch marta
takrorlanadi.
«MUVOZANAÒNI YO‘QOÒMA» O‘YINI
O‘yinchilar qo‘llarini oldinga uzatib, bir-birlariga qarab
turadilar. Bunda tovonlar juftlangan bo‘lishi kerak.
O‘yinchilar qo‘llarini ko‘krak balandligida ko‘tarib, raqibning
kaftiga kafti bilan turtadilar (goh bir qo‘llab, goh ikki qo‘llab).
Òurtish davrida turtishga chap berish, qo‘llarini yonga
ochishga ruxsat beriladi. Òurgan joyidan oyog‘ini qo‘z-
g‘atgan yoki jilgan o‘yinchi yutqizgan hisoblanadi.
«IP O‘RASH» O‘YINI
O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linadilar. O‘ynash
uchun ikkita estafeta tayoqchasi, ikkita qum to‘ldirilgan
xaltacha va 7–8 m arqoncha bo‘lishi kerak. Arqonchaning
bir uchiga estafeta tayoqchasi, ikkinchi uchiga qum
to‘ldirilgan xaltacha boylab yonma-yon qo‘yiladi.
Ikki o‘yinchi yonma-yon o‘tirib, estafeta tayoqchasini
qo‘lga oladilar. Òarbiyachining signalidan keyin arqonchani
chillakka o‘ray boshlaydi. Albatta, chillakni ikki qo‘l bilan
ushlab aylantiradi. Kimda-kim birinchi bo‘lib arqonchani
chillakka o‘rab olsa, u ko‘proq ochko oladi va shu jamoa
g‘olib hisoblanadi.
«FILDIRAK USÒIDA NISHON» O‘YINI
Sport zalida to‘rt oyoqli yog‘och aravacha yoki katta
o‘yinchoq mashinasi fanerdan yasalgan 20x20 sm keladigan
ikkita nishon o‘rnatilgan bo‘ladi. Buni o‘yinchilardan
3–4 m nariga qo‘yiladi. Òarbiyachi signal berib o‘yin
boshlaydi. Har bir o‘yinchi qo‘lidagi to‘pni nishonga qattiq
urib tekkizishga harakat qiladi. Chunki to‘p nishonga
tekkanida nishon orqaga surilib ketishi kerak, 10–15 marta
nishonga to‘p tekkandan keyin qaysi jamoa nishonni ko‘proq
orqaga sursa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinchilar
to‘pni nishonga tik turgan holda, stulda yoki skameykada
o‘tirib otishlari mumkin.


189

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə