2016 Xarakatli 1p65. p65


«BAYROQCHALAR ORQASIDAN YUGURISH»



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
5894176c8f652

«BAYROQCHALAR ORQASIDAN YUGURISH»
O‘YINI
O‘yinchilar teng ikki jamoaga bo‘linib, maydonchada
bir-biriga qarama-qarshi tomonlarda saf tortib turadilar. Shu
chiziqlarga parallel qilib, maydonchaning o‘rtasidan
1,5–2 m kenglikda yo‘l chizilib, o‘ng tomonga bayroqchalar
qo‘yilgan bo‘ladi.
Òarbiyachining signalidan keyin ikkala jamoaning
o‘yinchilari maydoncha o‘rtasidagi yo‘lakchalardan iloji


187
boricha ko‘proq bayroqchalar yig‘ib olib, o‘z qatoriga kelib
turadi. Jamoa sardorlari o‘z o‘yinchilari olib kelgan bayroq-
chalarni olib sanaydilar. Olib kelingan har bir bayroqchaga
bittadan ochko beriladi. Ko‘p ochko to‘plagan jamoa g‘olib
hisoblanadi. Bayroqchalarni olayotgan paytda bir-birlarining
qo‘llaridan tortib yulib olish mumkin emas. Kimda-kim
tortib olsa, unda jamoaga bitta jarima ochko beriladi.
«OLÒIÒA BULAVA» O‘YINI
O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, start chizig‘ida saf
tortib turadilar. Har bir jamoaning oldida to‘g‘ri chiziq
chizilgan bo‘lib, unga orasidagi masofa 1 m qilib bulavalar
quyilgan bo‘ladi. Òarbiyachining signalidan so‘ng birinchi
turgan o‘yinchilar yugurib borib bulavalarni yig‘ib olib
keladilar. Bulavani birinchi bo‘lib hamda yerga tushirmasdan
olib kelgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
«DOIRAGA ÒORÒ» O‘YINI
O‘yinchilar ikkita teng jamoaga bo‘linib, birinchi jamoa
aylananing tashqi tomonida, ikkinchi jamoa ichki tomonida
bir-biriga qarab turadilar. Doiraning ichida turgan o‘yin-
chilar doiraning tashqarisida turganlarni, doiraning tashqa-
risida turganlar, doiraning ichida turganlarni tortadilar. O‘yin
1–2 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Doiraning ichida yoki
tashqarisiga tortilganlar o‘yindan chiqadilar. Raqibining
qo‘lidan yoki belidan ushlab tortiladi. 4–6 marta olishuvdan
keyin o‘yinchi ko‘proq qolgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə