2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124
5894176c8f652

Pedagogik ahamiyati
. O‘yin bolalarda sezgirlik, diqqat,
kuzatuvchanlik va topqirlik hislatlarini tarbiyalaydi. O‘yin
chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantirishga
yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati yugurishdir.


171
«QORA KO‘RDIM» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. O‘yin bolalarni topqirlik, shijoat
va dadilikka tarbiyalaydi. Diametri 5–8 m bo‘lgan doira
chiziladi. Bir dona tugma yoki danak tayyorlab qo‘yiladi.
Hakam yoki o‘yinboshi saylanadi. O‘yinchilarning bari qo‘l
kaftini ko‘krak balandligida pastga qaratib turadi, o‘yinchilar
ko‘rsatkich barmoqlarini hakamning kaftiga tagidan tekkizib
turadi. Uning ishorasi bilan ular barmoqlarini tartib olishlari,
hakam esa ulardan birini tutib olishi darkor, tutilgan bola
doira o‘rtasida turadi.
O‘yin tavsifi
. Doirada turgan o‘yinchilarning qo‘llari
orasida biron buyum bo‘ladi. Bolalar o‘yinboshining ruxsati
bilan buyum (tugma, tosh yoki danak)ni orqadan qo‘lma-
qo‘l uzatadi yoki birontasida qoladi va yashiradi. O‘rtadagi
o‘yinchilarni kuzatib turib, biror o‘yinchidan gumon qiladi.
«Qora ko‘rdim» deydi va bolalarning birini ko‘rsatadi. Haligi
bolada buyum bo‘lsa, ko‘rsatishi lozim.
O‘yin qoidalari
. 1. O‘yin boshlashdan avval yashirilgan
buyum ko‘rsatilishi shart. 2. O‘rtadagi o‘yinchi buyumni
topa olmasa, buyumni yashirgan bola oldinga chiqib, uni
ko‘rsatishi kerak, so‘ng u she’r, qo‘shiq aytib beradi va o‘yin
shu joydan boshlanadi. 3. Agar u buyumni topsa, o‘yinchilar
o‘zaro o‘rin almashadilar.
«LANKA» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish. 
Qo‘y yoki echki terisidan bir
parcha qirqib olib, tagiga og‘irroq narsa yoki qo‘rg‘oshin
yopishtirib lanka yasash mumkin.
O‘yin tavsifi
. O‘yinchilar juft-juft yoki guruh-guruh bo‘lib
o‘ynashlari mumkin. 5–10 ta oddiy tepishdan so‘ng, 5–10
sach, 5–10 lurdan boshlash kerak. Bularning hammasini
tushirmasdan bajarib bo‘lgandan so‘ng keyingi o‘yin bosh-
lanadi. Agar qo‘yilgan vazifa oxirigacha yetkazilmasa, o‘yinni
navbatdagi o‘yinchi davom ettiradi. Berilgan vazifalarni to‘liq
va aniq bajargan o‘yinchi g‘olib chiqadi. Bu o‘yin orqali
o‘quvchilarda epchillik, chaqqonlik, chidamlilik, sakrov-
chanlik sifatlari tarbiyalanadi.


172

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə