2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124
5894176c8f652

Pedagogik ahamiyati
. O‘yin o‘quvchilarda mokisimon
yugurish malakasini mustahkamlashga va ta’minlashtirishga
ko‘maklashadi. O‘yinda bolalar diqqati, ziyrakligi, tirishqoq-
ligi rivojlantiriladi. O‘yin o‘yinchilardan jamolari manfaatini
himoya qilish uchun safarbarlik talab qiladi. O‘yinchiga
asosiy harakat turi – yugurish.
«KARVON» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. O‘yin bolalarning og‘zaki nutq, top-
qirligi diqqati, tezkorlik va chaqqonlik sifatlarini tarbiya-
laydi. O‘yin shartiga ko‘ra o‘yinboshi yoki karvonboshi
hamda «qaroqchi» belgilanadi. Diametri 15 metrli bo‘lgan
doira chiziladi.
O‘yin tavsifi. 
O‘yinchilar bir qatorga turib, oldinda
turganning belidan ushlaydilar. Ular doira bo‘ylab keng qa-
damlab, tuya kabi harakatlanadilar. O‘yinchilardan biri
doiraning bir chetida joylashib, yo‘ldan o‘tayotgan karvonni
talab «qaroqchilik» qiladi.
«Qaroqchi» so‘raydi:
– «Karvon» qayoqqa borayapti?
Ey hurmatli zot, – «Hindistonga» deb javob beradi
karvonboshi.
– Sizlar, do‘stlar uchun nima olib kelasizlar? – deydi
«qaroqchi».
– Buyuring, «oliy hazratlari», – deydi karvonboshi.
«Qaroqchi» 5–8 ta buyumning nomini aytadi.


174
«Karvon» olg‘a qarab ketaveradi. Doira bo‘ylab aylanib
kelgan «karvon» yana «qaroqchining oldidan o‘tadi».
«Qaroqchi» karvonboshidan «Sen menga nima olib kelishing
kerak edi?» deb so‘raydi. «Qaroqchi qanday buyurtma bergan
bo‘lsa «karvonboshi» ularning nomini takrorlashi shart. Agar
biror narsani esdan chiqarsa, «qaroqchi», «karvon»ni asirga
oladi va navbat bilan biron narsa olib kelishga majbur qiladi.
Mabodo karvonboshi hech narsani esidan chiqarmay
takrorlay olsa, «qaroqchi» undan «Qani mening buyum-
larim?», deb so‘raydi: karvonboshi o‘yinchilardan birini
ko‘rsatib «navbatdagi sandiqda» deydi. Ko‘rsatilgan o‘yinchi
esa «Amudaryoni kesib o‘tayotganimizda sizning buyurt-
mangizni yo‘qotdik» deyishi bilan «karvon» tarqalib qochadi.
«Qaroqchi» ulardan birini tutishi kerak.
O‘yin qoidalari
. 1. Har bir buyumning nomi ravon, aniq
talaffuz etilishi lozim. 2. «Qaroqchi» o‘yinchilarni doiradan
chiqquncha tutishi mumkin. 3. O‘yinchilar doira ichidan
chiqib, «qaroqchi»ga tutqich bermasalar, «karvon» qutqa-
rilgan hisoblanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə