2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
5894176c8f652

Pedagogik ahamiyati
. O‘yin bolalarda topqirlik, ravon
suzish qobiliyati, diqqat-e’tiborni tarbiyalaydi. Chaqqonlik,
tezkorlik, chidamlilik, kuchni rivojlantiradi. O‘yinning o‘ziga
xos harakati tez yugurish, chap berishdan iborat.
«O‘ZING O‘YLAB ÒOP» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. Ikki jamoa o‘yinchilari zalning
chekkasidan markazdan yuzini o‘girib turadilar va tartib bilan
sanaydilar.
O‘yin tavsifi
. O‘yinboshi biron-bir raqamni aytadi.
Raqami aytilgan o‘yinchi tezda zal o‘rtasiga chiqadi va
uchta turli harakat ko‘rsatadi. Keyin boshqa jamoa o‘yinchisi
chaqiriladi. U ham, oldingisiga o‘xshamagan uch xil yangi
harakat ko‘rsatadi.
Agar mashqdan birontasi avval ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu
jamoaga jarima ochkosi beriladi. O‘yin 5–6 daqiqa davom
etadi. Eng kam jarima ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib
hisoblanadi. O‘yinda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchilarni
chiqarish mumkin.


175
«KO‘PRIK VA MUSHUK» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. Ikki jamoa o‘yinchilari start chizig‘i
oldida tizilib turadilar. Ular oldida 5 va 10 m masofada
1,5 m diametrli katta doira chiziladi.
O‘yin tavsifi
. Signal bo‘yicha birinchi raqamlilar oldinga
yuguradilar va birinchi doiraga yetib kelib «ko‘prik» hosil
qiladilar. So‘ng ikkinchi raqamli o‘yinchilar start oladilar.
Ular ko‘prik tagidan emaklab o‘tib, uzoqdagi doiraga yugurib
borib, u yerda oldinga engashib qo‘llariga tayanib turadilar
(belni egib, mushukka o‘xshab turadi). Shundan so‘ng
birinchi raqamlilar uzoqdagi doiraga yuguradilar va sheri-
gining oyoq hamda qo‘llari tagidan emaklab o‘tadilar. Shun-
dan so‘ng ikki juftlik qo‘l ushlashib, o‘z jamoalari tomon
yuguradilar.
Ular start chizig‘ini kesib o‘tishlari bilan, uchinchi, so‘ng
to‘rtinchi raqamli o‘yinchilar yugurib ketadilar, qaytib
kelganlar qator oxiridan joy oladilar. O‘yinni boshlagan juft-
lik, qator boshiga kelib turganidan keyin o‘yinchilar joylarini
almashadilar, ya’ni ikkinchi raqam ko‘prik, birinchi raqam
esa turgan holda engashib tayanib turadi. O‘yinda estafetani
boshlagan birinchi juftlik saf oldidagi o‘z o‘rnini egallaganida
o‘yin tugaydi.
O‘yin qoidasi
. Doirada mashq bajarish qoidasini buzgan
yoki vaqtidan ilgari start olgan jamoaga jarima ochko
beriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə