2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124
5894176c8f652

O‘yinga tayyorlanish
. O‘yin yoshlarni chaqqonlikka,
tezkorlikka hamda oyoq va qo‘llarini o‘zaro muvofiq ishla-
tishga o‘rgatadi. O‘yin uchun bir dona ko‘rpacha, 10 metrli
arqon tayyorlanadi. O‘yin guruh yoki jamoaga bo‘linish bilan
boshlanadi. O‘yinchilarning hammasida ro‘mol bo‘lishi
lozim.
O‘yin tavsifi
. Bir kishi maysa yoki chimzor ichiga yotadi
va uning ustiga ko‘rpa yopilib, qo‘liga 10 m arqon tutqaziladi.
Arqonning bir uchi qo‘riqchida bo‘ladi. Qo‘riqchida (hakam
yoki o‘yinboshi vazifasini bajaradi) ham durra bo‘ladi.
Jamoalar navbat bilan yotgan o‘yinchini durra bilan uradi
yoki oyog‘i bilan tepadi. U kimni durra bilan ursa yoki
oyog‘i bilan tepsa, shu o‘yinchi yotadi. Shuning uchun o‘yin-
chilar yotgan o‘yinchini urib qochishlari, tutqich bermas-
liklari va belgilangan chegaradan chiqib ketishlari kerak.
Jamoa a’zolaridan biri qo‘lga tushsa, jamoalar joylarini al-
mashadilar.


170
O‘yin qoidalari
. 1. Ko‘rpa ostidagi o‘yinchi yerga qarab
yotadi. 2. Qo‘riqchi ham, ko‘rpa ostidagi o‘yinchi ham
arqonni qo‘yib yubormasliklari kerak. 3. Yerga yotgan
o‘yinchi u yoki bu yoqqa siljimaydi. 4. Qo‘riqchi faqat
o‘zining chegarasi doirasida urishi va tepishi mumkin.
5. O‘yinchilarning kuchli zarb bilan urishi va tepishiga ruxsat
berilmaydi.
O‘yinning pedagogik ahamiyati
. O‘yin bolalarni ahil
bo‘lib, chaqqonlik, tezkorlik bilan harakat qilishga o‘rgatadi.
O‘yinning o‘ziga xos harakati aniq urish va yugurish
hisoblanadi.
«BEKINMACHOQ» O‘YINI
O‘yinga tayyorlanish
. O‘yin bolalarda kuzatuvchanlik,
sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o‘yin uchun
butazor yoki o‘tlar bo‘lishi kerak. Marrada qoladigan
aniqlanadi.
Bir to‘da bolalar baravariga: Bekinmachoq oshga pichoq,
kim oyni ko‘rdi? – deb qo‘llarini baland ko‘taradilar. Oxirgi
bo‘lib qo‘l ko‘targan bola marrada qoladi.
O‘yin tavsifi
. O‘yinni boshlash navbati aniqlangandan
keyin, qolgan bolalar yashirinishga ketadilar. Bo‘ldimi?
Bo‘ldimi? – deb sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch, to‘rt,besh,
olti, yetti ketdim. Bo‘lsa ham bo‘ldi, – bola ko‘zini ochib,
tevarak-atrofni sinchiklab kuzatadi va bolalarni topish uchun
chor-atrofni mo‘ljallab qidira boshlaydi. Birinchi bo‘lib:
– Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkilgan bolalarni
topsa:
– Bekinma, qoch, yuzingni och, to‘xta, topdim va h.k.
O‘yin qoidalari
. 1. Yetti deb sanaguncha o‘yinchilar
yashirinib bo‘lishi shart. 2. Yashiringan bolani topsa, uni
tutilgan hisoblashib marrasiga olib kelinadi. 3. Qolgan
o‘yinchilar yig‘ilib bo‘lguncha o‘yin davom etib, so‘ngra
yangi tutuvchi aniqlanib, o‘yin qaytadan boshlanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə