2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
5894176c8f652

«CHO‘PON» O‘YINI
Maydonchaning ikki qarama-qarshi tomoniga chiziq
chiziladi. O‘yinchilar ikki jamoaga bo‘linib, har bir jamoa
bir-biriga qarab maydonning ikki tomonidagi chiziq orqasida
turadi. Birinchi (o‘yin boshlovchi) jamoaning har bir o‘yin-
chisida bir varaqdan qog‘oz va tasma bo‘ladi. Birinchi
jamoaning onaboshisi ikkinchi jamoaning onaboshisiga qa-
rab: «Cho‘pon, cho‘pon», deydi. Ikkinchi jamoa onaboshisi:
«Sening podang ketib qolgan», deydi. «Mening podam oldiga
yetib bordi», deb so‘raydi birinchi jamoa onaboshisi. Ik-
kinchi jamoa onaboshisi javob berayotib, birinchi jamoa-
dan istagan bir bolaning ismini aytadi, masalan: «Sening
podang Karimning oldiga yetib bordi», deydi. Ikkala jamoa
o‘rin almashadilar, bu paytda ikkinchi jamoa o‘yinchilarni
Karimni ushlashlari, ya’ni unga qo‘l tegizishlari, birinchi
jamoa o‘yinchilari esa Karimni qutqarishlari, ya’ni yugurib
o‘tish paytida unga tasma berishlari kerak. Har ikkala jamoa
teng sonda o‘yinni boshlab berish uchun o‘yin 4–6–8 marta


166
takrorlanishi kerak. O‘yinchilar soni ko‘p bo‘lib qolgan
jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
«SEMIR, PUFAGIM» O‘YINI
Hamma o‘yinchilar yonma-yon bo‘lib, qo‘l ushlashib
doira hosil qilib turadilar. Bolalar: «Semir, pufagim, kattaroq
semir, yorilmasdan shunday tur», deb doiraning kengaytira
boshlaydilar. Doira yetarlicha kengaygandan keyin o‘qituv-
chi: «Pufak yorildi», deydi. Bolalar qarsak urib, o‘tirib oladi-
lar. O‘qituvchi o‘yinchilardan birini – «yamoqchi»ni «pufak-
ni yamash» uchun yuboradi. U doira bo‘lib yugurib har
bir o‘yinchiga qo‘l tekkizadi. «Yamoqchi»ning qo‘li tekkan
bola o‘rnidan turadi. «Yamoqchi» hamma o‘yinchilarga qo‘l
tekkizib bo‘lganidan keyin bolalar yana qo‘l ushlashib
turadilar. O‘qituvchi: «pufak yel chiqaryapti», deydi. Bolalar
«p-s-s-s-s-s», degan tovush chiqarib old tomonga qarab
yuradilar va shu bilan doirani (pufak) toraytiradilar. Bunda
avvalo so‘zlarni o‘rganib, so‘ng esa baravar aytish va baravar
qarsak chalish zarurligi tushuntiriladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə