3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja


VI. Uzviylik (o‘quv predmetlari o‘rtasida )



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#112158
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

VI. Uzviylik (o‘quv predmetlari o‘rtasida ).
Terminlar, tushunchalar qanday fan 
doirasida qaralishidan qat’iy nazar, barcha fanlarda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishi va 
bir xil tushunchani anglatishi kerak. 
VIII. Milliylik (ona tili xususiyatlarini hisobga olish).
Grafik tilini 
takomillashtirishda “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” lik prinspiga rioya qilish 
kerak, ya’ni fan madaniyat o‘zining progressive rivojlanishida milliylikdan 
internasionalizmga qarab intiladi. Nutq inson madaniyatining milliy xususiyatlari bilan 
aloqadadir. Shuning uchun terminlar imkoni boricha ona tilidan olingan bo‘lishi lozim. 
Terminlarga qo‘yilgan bunday muhim talab, sirtdan qaraganda, grafik tilning 
universal bo‘lishiga zid kelganga o‘xshab ko‘rinadi. Aslida esa hech qanday qarama-
qarshilik yo‘q. 
Terminlarning internatsional xarakteri milliy tillarning rivojlanishiga putur 
yetkazmasligi kerak. Huddi aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek tili negizida 
ba’zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan ruscha -internatsional terminlarni o‘z holicha 
qoldirish lozim. 
IX. Qulaylik.
Terminlar talaffuz qilish uchun qulay bo‘lishi kerak. O‘zbek tilidagi 
so‘zlarda ikki undoshning yonmaOyon kelishi uni talaffuz qilishga qiyinchiliklarga olib 


keladi. Masalan, o‘quvchilar “romb” deb talaffuz qilish o‘rniga “rom” yoki “ro‘m” deb 
aytadilar. Bu qiyinchiliklardan qutilish uchun ba’an terminlarni orfografik jihatdan 
o‘zgartiriladi. 
Ma’lumki, ishlab chiqariladigan buyumlar, jihozlar, mashina va mexanizmlar, 
ularning loyihasi-yaratilish jarayoni ularni yasash hamda nazorat qilish bilan bog‘liq. 
Bu esa chizmalarsiz, aniqroq aytganda, chizma chizish va ulami o‘qishni bilmasdan 
amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, muhandis o‘z g‘oyalari va fikrlarini chizmalarda 
ifodalaydi va boshqalar fikrini shu yo‘l bilan anglaydi. Shuning uchun bu texnik hujjat 
hisoblanib, u asosan grafik tasvirlar, ya’ni chi zmalar orqali amalga oshiriladi. 
Demak, narsaning aniq shaklini va o‘chamlarini to‘liq ko‘rsata oladigan 
tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma texnika tili hisoblanadi. Hozirgi kunda 
texnika shu qadar rivojlanib ketdiki, u ishlab chiqarishda turli buyumlarni tayyorlash, 
shuningdek, inshootlarni qurishda insonnning og‘ir, mashaqqatli mehnatini 
osonlashtiradigan asosiy vositalaridan biriga aylandi. Kundalik hayotda qo‘llaniladigan 
eng oddiy texnikaviy qurol, asbob-uskunalar va moslamalardan tortib, eng murakkab 
mashina mexanizmlar, ulkan va hashamatli binolar, maishiy va qishloq xo‘jalik 
mashinalari, parvozga parvoz qilayotgan samalyot kosmik kemalargacha insonning 
xizmatida. Bunda esa texnikaning taraqqiy etishida esa fanlarning roli juda katta. 
Mamlakatimizda barcha ta‘lim tizimida ko‘plab fan sohalari o‘rganilmoqdaki, u tobora 
kengayib, chuqurlashib bormoqda va ulardan ulkan kashfiyotlar qilinmoqda. 
Ilmiy manbalarda: “Fan va texnika sohasida erishilib kelgan va erishilayotgan 
barcha yutuqlarda, ularning tarkib topishi va rivojlanishida terminlarning ham o‘ziga 
yarasha o‘rni va xizmati borligi, kishi borliqda ko‘rgan narsasini, o‘zi kashf etgan 
buyumni biror tarzda atamasa bir-biri bilan so‘zlar vositasida aloqa qila olmagan, 
binobarin, hozirgi yutuqlarga erishmagan bo‘lur edi. Fanlar va texnika terminlari ham 
mana shu zayilda yuzaga kelgan’ligi, fanniy-texnikaviy terminlar umumxalq 
leksiyasining eng harakatchan, epchil va tez o‘zgaruvchan qismi ekanligi qayd qilingan. 
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, ko‘plab yuzaga kelgan fanlar, texnika sohalari ular 
bilan bog‘liq holda bir qator terminologik sistemalar ham yuzaga keldi. Aynan bu fan 
va texnika sohalarining mazmuni, yangiliklari terminlarda o‘z aksini, o‘rnini topadi. 


R.Doniyorov fan va texnikaga oid terminlarning paydo bo‘lishini o‘rganish 
jarayonida ayrim olimlarning fan va texnuikaga oid o‘zbekcha terminlarning yuzaga 
keishini asosan Oktyar revolutsiyasidan keyin paydo bo‘lgan deb bildirgan 
basharotlarini asossiz ekanligini isbotlab, ayrim terminlarning yuzaga kelishini ming yil 
hatto unda ortiqroq vaqt bilan o‘lchaydi va shu o‘rinda bir qatortarixiy manbalardan 
misollar va dalillar keltirgan. Shuningdek, aniq bir fan ham, shu jumladan texnika, 
aynan ularning terminlari ham aniq bir fanning yoki bir xalqning ijod mahsuli emasligi, 
u jahon xalqlarining jamisi to‘plagan, bilgan, o‘rgangan obe‘ktiv borliqning yig‘indisi 
ekanligini qayd qilib o‘tgan.
Haqiqatdan ham, qariyib ming yillar oldin O‘rta Osiyoda shu jumladan, o‘zbek 
xalqining ham jahon xalqlari qatori fan va uning sohalari: matematika, astronomiya
meditsina va boshqa ko‘plab fan hamda sohalarga qo‘shgan ulkan yutuqlari dunyoda tan 
olingan. Shu davrdan to XVI asrgacha yaratilgan juda ko‘p asrlar o‘sha vaqtlardayoq 
lotin tiliga tarjima qilingan va Evropaga tarqatilganligi hech kimga sir emas. Demak, bu 
fanlarning ham terminlari mavjud bo‘lgan. 
Ma’lumki, hozirgi fan texnikaga oid ko‘plab terminlarning bir qismini arabcha 
yoki foris-tojikcha so‘zlartashkil qiladi. Buning asosiy sababi va manbai ham 
ajododlarimiz: Beruniy, Farobiy, Xorazmiy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa ko‘plab 
allomalarimizning matematika, astronomiya, geografiya, meditsina, geologiya, kimyo, 
fizika, mexanika, falsafa, tilshunoslik va boshqa fanlarga oid minglab terminlarni arab 
yoki foris-tojik tillari negizida yaratishlarini sharoit taqoza etganligi, shu davrlarda 
tarixiy asrlarda unumli qodlanilib kelinganligi va mazkur terminlar “ Devoni lug‘otit 
turk” boshliq lug‘atlarning deyarli barchasida qayd etilganligi haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Bu borada, o‘z davrida handasaviy, me‘moriy va shu kabi sohalarda qo‘llanilib 
bugungi kunda bir qator aniq fanlarda shu jumladan, chizmachilik fani terminologik 
tizimida ham mavjudligi, o‘z o‘rnini saqlab qolganligi ma‘lum. Masalan: Abu Rayhon 
Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar chizgan va 
ulardan foydalangan. U Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga – birinchisi uzluksiz, 
ikkinchisi kenglik, uchunchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. 
Jismlarning mavhum cho‘zilishi emas, balki mavjud cho‘zilishi shu uch chiziq bilan 


aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlar vositasida jism oltiyoqqa ega bo‘lib, shunchaki 
yoqlaribilan u fazoda chrgaralanadi. Bu oltiyoqlar markazida biror jismni 
tasvirlovchichizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e‘tibor berilishiga to‘xtalib 
shunday deydi: 
“To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir 
jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, 
usti va osti bo‘ladi”. 
Bu aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o‘zginasi bo‘lib, 
hozirgi kunda tasvirlashdagi asosiy ko‘rinishlarning mazmunida saqlanib qolgan. 
To‘g‘ri u bugungi o‘zbek tili leksikasida, shu jumladan, chizmachilik terminlari 
qatorida qo‘llanilib kelinayotgan 
“olddan”, “ortdan”, “chapdan”, “ustdan”
va 
“ostdan”,
ko‘rinishlarning aynanligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda, keyinchalik ularning 
sinonimik yasama variantlari: 
“frontal proyeksiya”, “gorizontal proyeksiya”, “profil 
proyeksiya”, “bosh ko‘rinish”, “asosiy ko‘rinishlar” “fasad”, “plan” 
va ular bilan 
bog‘liq boshqa shu kabi ko‘plab fan terminlarining shakllanishi va rivojida katta hissa 
qo‘shdi. Uning shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini 
chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular: 
“noriy” – to‘rtyoqlik (tetraedr), “orziy”- 
oltiyoqlik (geksaedr), “shavoiy”- sakkizyoqlik (oktaedr), “falsafiy” – o‘nikkiyoqlik 
(dodekaedr), ―moiy-yigirmayoqlik (ikosaedr)
lardir.
 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə